"Xotin-qizlar haftaligi" doirasida tadbirlar davom etmoqda

"Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni"ga bagʻishlab 6-11-fevral kunlari ilmiy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligi doirasida bugun, 10-fevral kuni Qoʻshrabot tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-umumiy oʻrta ta'lim maktabida Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Mahmudova, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari Sh.Ziyaddinov va "Pichot" MFY xotin-qizlar faoli M.Xidirovalar tomonidan maktab oʻquvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Dastlab, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari Sh.Ziyaddinov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini mustahkamlash, ularning iqtidorlarini namoyon etishlariga koʻmaklashish, xotin-qizlarning ta'lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida soʻz olib bordi.

Shundan soʻng, tuman oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Maxmudova oʻquvchi qizlar bilan suhbatlashib, ularni oilaga tayyorlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha ma'lumotlar berib oʻtdi.

Davra suhbati yakunida, oʻquvchi qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan javoblar olishdi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM