Qo‘shrabot tuman Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida hafta davomida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida:

-tumanda jami 213 gektar lalmikor yer maydonlarini aholiga yaqin bo‘lgan hududlardan va imkon qadar barcha mahallalardan savdo maydonchalariga chiqarish uchun bugungi kunda bo‘sh turgan va zaxiraga olinayotgan lalmikor yer maydonlari bo‘yicha tahlil o‘tkazildi.  Natijada fermer xo‘jaliklari tomonidan ixtiyoriy arizalariga ko‘ra tuman hokimligi zaxirasiga  191 gektar yer maydonlari qaytarilib savdo maydonchalariga qo‘yildi. Rejaning qolgan qismi esa mavjud zaxirada bo‘lgan yer maydonlaridan savdoga qo‘yilishi bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.

         Jumladan: 21.02.2023-yil o‘tkazilgan tanlovga Shavona MFYdan 22,2 gektar 44 ta lot,

Qo‘rg‘on MFY dan 10,1 gektar 20  ta lot

Zarmitan MFYdan 24 gektar 47 ta lot

Bozorjoy MFYdan 6 gektar 12 ta lot

Do‘stlik MFYdan 2 gektar 2 ta lot

Ozod MFYdan 4 gektar 8 ta lot

Sohibkor MFYdan 20,65 gektar 40 ta lot

Qo‘shrabot MFYdan 4 gektar 8 ta lot

Pangat MFYdan 12 gektar 24 ta lot

Qo‘shtomg‘ali MFYdan 15,5 gektar 31 ta lotlar bo‘yicha savdo maydonchalarida onlayn savdo bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda aniqlangan tanlov g‘oliblari va tuman hokimligi bilan tuziladigan shartnomalar rasmiylashtirilish jarayonida “Qiyqim” MFYdan 47,7 gektar 95 ta lot va “Sohibkor” MFYdan 8,24 gektar 15 ta lot, “Toz”  MFYdan 15 gektar 30 ta lot bo‘yicha 27.02.2021-yil savdo maydonchalari orqali o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.

Rejaning qolgan qismi bo‘yicha zaxirada bo‘sh turgan yer maydonlaridan buyurtma xatlari berib savdoga chiqarish ishlari olib borilmoqda.

    

     

Tuman hokimining qishloq va suv

xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari                    O.Raxmonov

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM