Qo‘shrabotda “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” aniqlandi

Qo‘shrabot tumanida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” miliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsad qilingan tanlov 3 shartdan iborat bo‘lib, bunda ishtirokchilar belgilangan yo‘nalishlardan birini tanlagan holda o‘zining faoliyat yo‘nalishini yoritib berdi.

Tuman oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovlar yakuniga ko‘ra, Zarkent mahallasi fuqarosi Aliyeva Dilrabo “Yil ayoli” ko‘rik tanlovining va Mustaqillik mahallasi fuqarosi Xakimbekova Nigora “Gender tenglik faoli” miliy tanlovining tuman bosqichi g‘olibi deb topildi.

Barcha ishtirokchilar faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, g‘oliblar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM