"Yuqori Saroy" MFYda jinoyat muhokamasi bo'lib o'tdi.

Tuman hokimi, tuman IIB rahbariyati, "Yuqori Saroy" MFY beshligi va mahalla faollari ishtirok etgan uchrashuvda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev so'zga chiqib, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida muhim vazifalarni ta'kidlab, tegishli  ko‘rsatmalarini berib o'tdi.

Jinoyatchilikning giyohvandlik va giyohfurushlik turlari yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta ziyon yetkazayotgani butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotganligi, shu sababli bu ofatga qarshi kurash hozirda yer kurrasidagi global muammolardan biriga aylandi. 

Shuningdek, tuman hokimi asr vabosiga qarshi kurashish – barchamizning ishimiz, o'zini shu yurt farzandiman deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetda turmasligi kerak, shundagina minglab yoshlarimizning kelajagini, oilalarimiz osoyishtaligini saqlab qolgan bo'lamiz deya ta'kidlab o'tdi.
 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM