Tuman hokimining qurilish masalalari bo'yicha o'rinbosari Inoyat Xoliqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi.

 Mavzu: Maishiy chiqindilar to'planishining atmosferaga ta'siri, bu borada tuman hududida olib borilayotgan ishlar haqida

“Tozahudud” DUK Qo‘shrabot tuman filiali Qo‘shrabot tumani “Mustaqillik” MFY Mustaqillik ko‘chasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PQ-2916-sonli qarori bilan ish faoliyatini boshlagan. Hozirgi kunda korxonaga tuman hokimining 2020-yil 5-martdagi 281-K qaroriga asosan “Qo‘rolos” MFYdan bino va avtogaraj qurish uchun yer ajratilib qurib foydalanishga topshirilgan.

 

Korxonada jami texnikalar soni 9 tani tashkil qilib shundan 8 ta Musuravoz, 1 ta Multilift.

2023-yil davomida mavjud bo‘lgan 16 ta MFY da 24817 ta abonentga xizmat ko‘rsatilib, 455 ta yuridik tashkilotga xizmat qilib kelmoqdamiz.

“Do‘stlik” MFYda joylashgan paligon 6-sentyabr 2012-yil barpo etilgan maydoni 3 gektarni tashkil etadi. “Urganchi” MFYda joylashgan paligon 5-fevral 2014-yil barpo etilgan maydoni 0,5 gektarni tashkil etadi. Bir yil mobaynida aholi va yuridik tashkilotlardan 48 000 kub maishiy chiqindilarni olib borib maxsus chiqindixonaga to‘kiladi. Qo‘shrabot tuman “Tozahudud” DUK chiqindi yig‘ish paligoniga chiqindini qayta ishlash zavodi qurish uchun tadbirkorlardan takliflar tushgan bo‘lib hozirda shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda. Chiqindi atrof-muhitga zarar etkazmasligi uchun maxsus texnikalar yordamida chiqindilar surulib zararsizlantirilib yerga ko‘miladi.

Qo‘shrabot tuman “Tozahudud” DUK  tumanda qamrab olingan aholi va yuridik tashkilotlarga maxsus chiqindi yig‘ish kontenerlari joylashtirgan, kontenerlar soni hozirgi kunda 115 tani tashkil etadi.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM