YOSHLAR BILAN SAMIMIY SUHBAT

Bugun, 21-dekabr kuni Zarkent shaharchasida joylashgan "Konchi madaniyat uyi"da "Hokim va yoshlar ochiq muloqoti" bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan davra suhbati davomida, tumanimizning ilg‘or va o‘z ustida ishlaydigan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan bir qator yoshlar ham ishtirok etdi.

 

 

Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi va bir qator yoshlarning murojaatlari qabul qilindi.

Tadbir so‘ngida, mahallalarda “Yoshlarga oid davlat siyosati” samaradorligini oshirishda va yoshlar bilan ishlashda namunaviy faoliyat ko‘rsatgan yoshlar yetakchilari hamda turli sohalarda yutuqlarga erishgan yosh avlod vakillari tuman hokimligi tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM