Matbuot anjumani

Qo‘shrabot tuman hokimi o‘rinbosari Kubayev Xolbek Shirinboyevich ishtirokida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat talablari ijrosini ta’minlash” mavzusida navbatdagi matbuot anjumani o‘kazildi.

Hozirgi kunda Qo‘shrabot tumanida 3-7 yoshli bolalar soni 13477 nafarni tashkil qilmoqda. Tumanda hozirgi kunga kelib 31 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 3 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 170 ta oilaviy nodvalat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. DMTTlarga 5810 nafar, DXSh larda 226 nafar, ONMTT larda 3868 nafar bolajonlar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Jami maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar soni 9904 nafar qamrov foiz 73,5 % tashkil qilmoqda.

 Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” davlat dasturi asosida mashg‘ulotlar olib boriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarida belgilangan beshta rivojlanish sohalar bo‘yicha kuzatuvlar olib boriladi.

  1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
  2. Ijtimoiy-xissiy rivojlantirish.
  3. Nutq, muloqot o‘qish va yozish malakalari.
  4. Bilish jarayonining rivojlanishi.
  5. Ijodiy rivojlanish.

 

Ushbu sohalar bo‘yicha barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uch bosqichdan iborat kuzatishlar olib borildi. Dastlabki bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlandi. Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib borildi va quyidagicha Davlat talablarining bajarilishi aniqlandi.

  1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha 98%
  2. Ijtimoiy-xissiy rivojlantirish 95%
  3. Nutq, muloqot o‘qish va yozish malakalari 96 %
  4. Bilish jarayonining rivojlanishi 94%
  5. Ijodiy rivojlanish 96%
2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM