Xorijiy investorlar Qo‘shrabot tumanida yirik loyihalarni amalga oshiradi.

Qo‘shrabot tumanida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish, tumanning iqtisodiy imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish maqsadida, xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Ayni vaqtda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev Xitoyning “Long Xiang Xolding Group LTD” va “Huaxing Development and Investment Group”  kompaniyalari rahbarlari Xingfu Chen va Ray Hong janoblariga tumanning salohiyati va keng imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berib o‘tmoqda.

Xitoyning “Long Xiang Xolding Group LTD” bilan  granit toshlarni qazib olish, qayta ishlash va eksport qilish  loyihasi bo‘yicha, “Huaxing Development and Investment Group” kompaniyasi bilan kvars toshlarni qazib olish,  qayta ishlash va eksport qilish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM