Qo‘shrabot elektr ta'minoti korxonasiga yangi rahbar va rahbar o‘rinbosari tayinlandi.

Ikramov Sherali Norbek o‘g‘li - Qo‘shrabot elektr ta'minoti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Ikramov 1992-yilda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, Samarqand Qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

Sh.Ikramov tayinlovga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialida turli mas'ul lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan.

Sarimsaqov Sunnatilla To‘xtamishovich - Qo‘shrabot elektr ta'minoti rahbari o‘rinbosari - energiya sotish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Sarimsaqov 1969-yilda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan.

S.Sarimsaqov tayinlovga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialida turli mas'ul lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan.

 

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM