Suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha PRESS-TUR bo‘lib o‘tdi

Aytish mumkinki, bir paytlar faqat keng yaylov sifatida foydalanilgan yoki umuman foydalanilmagan Qo‘shrabot yerlari yaqin yillarda chamandek yashnab turadigan ekin maydonlariga, bog‘larga aylanib bormoqda. Suv taqchilligi tobora ortib borayotgan hozirgi davrda, qishloq xo‘jaligi sohasida suv tejaydigan texnologiyalarini joriy qilishni yana-da kuchaytirish kun tartibidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.

 

Qo‘shrabot tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Raxmonov va ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tumanning Chimmos mahallasi hududida joylashgan “ALIHAN ORGANIC AGRO LLC” xorijiy korxonasi tomonidan 300 gektar yerga barpo etilgan tomchilatib sug‘orish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur bo‘lib o‘tdi.

 

Press-turda, suv tejovchi texnologiyalarni amalda qo‘llashning afzalliklari, suv, yoqilg‘i, mineral o‘g‘itlarning tejalishi, hosildorlikni ortishi, ishchi kuchining kamayishi kabi qulayliklari xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, bugungi kunda suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, sohada yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM