Qo‘shrabot tumanida "Doim e'zozdasiz" shiori ostida xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tumanda aholi salomatligini asrash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasidagi chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Xususan, bugun tuman hokimi o‘rinbosari S.Maxmudova boshchiligida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasida ijimoiy himoya va tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga tibbiyot mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

 

Ko‘rik davomida hozirgi vaqtga qadar 250 dan ortiq xotin-qizlar qamrab olinib, aniqlangan holatlar yuzasidan salomatligida o‘zgarishlari mavjud bo‘lgan xotin-qizlarga 78 turdagi bepul dori vositalari hamda statsionar va ambulator sharoitda davo muolajalari olishlari uchun tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM