Maxsus xizmatlarni qasddan  aldab chaqirganlik uchun javobgarlik muqarrar   

Bugungi kunda barchamizga ma’lumki Respublkamizda o‘tkazilayotgan sud-huquq  sohalarida o‘tkazilgan tup islohatlar natijasida fuqarolarning davlat  idoralarga murojaat qilish tartibi, shakli takomillashib, bu boradagi soddalashtirilgan tartiblar joriy qilingan va sohadagi har qanday byurokratik to‘siqlar bartaraf etilgan. 
Shu jumladan Ichki Ishlar idoralariga ham murojaat qilish tartibi  takomillashtirilib, murojaat qilinishlarda inson omili kamaytirilib, bu jarayonlar  raqamlashtirilgan.
Bundan tashkari, Ichki  Ishlar   idoralarida “102”  tizmi  xam  ishga tushirilgan bo‘lib,  ushbu tizimga kelib tushgan  har kanday xabarlar mas’ul xodimlar tamonidan o‘z vaktida ko‘rib chiqilmoqda.
Biroq,  ayrim  fuqarolarimiz  tomonidan  bunday berilgan imkoniyatlardan  noto‘g‘ri foydalanish yoki o‘zining boshqacha bir tarzda g‘araz maksadda ham  foydalanish holatlari, ya’ni maxsus  xizmatlarni aldab chakirganlik holatlari  kupaymoqda.
Bu holat esa maxsus xizmatlarni kuch va vositalari noto‘g‘ri yo‘nalishga aldab chaqirilgan  joyga ketishi oqibatida,  o‘z  vaqtida  maxsus  xizmatlarga  muxtoj bo‘lib kolgan boshqa bir  fuqarolarning manfaatlariga,  hayoti  va sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetishi, tez yordam mashinasni o‘z vaqtida yongin bo‘lgan joyga  yetib bora olmasligi,  sog‘ligi yomonlashgan fukaroga o‘z vaktida  tibbiy  yordam ko‘rsatilish uchun yetib kela  olmaslik,  o‘z vaktida  biror bir jinoyat sodir bo‘layotgan joyga yetib bora olmasdan    biror bir og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni  oldini olinmasdan qolishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.        
Amaldagi qonunchiligimizda maxsus xizmatlar  deganda  Ichki ishlar  oranlari, yong‘inga  karshi  xizmat, tez tibbiy  yordam va  fuqarolarning  boshka  muximini   zudlikda qondirishga xizmat qilish vazifasi yuklatilgan idoralar (Elektr tarmoklari, Suvsoz korxonalari va boshkalar)  nazarda tutitlgan.
Shu sababli, O‘zbekiston  Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 199-moddasida  Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik  uchun   javobgarik belgilangan bo‘lib,  bunda  shunday xaraktlarni sodir  etgan  hukukbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorinig bir baravaridan uch  baravarigacha  miqdorda  jarima  solishga  sabab bo‘lishi  nazarda tutilgan. 
Shuningdek,  xar qanday holatda xam  shaxsning Maxsus  xizmatlarni qasddan  aldab chaqirganlik uchun  fakatgina  ma’muriy   javobgarlik bilan qutilib kolmaydi. 
Aksincha shaxsning sodir etgan xaraktlarining oqibatlariga ko‘ra tegishli  tartibda O‘zbekiston  Respublikasi Jinoyat Kodeksining 237-moddasi (Jinoyat to‘g‘risida ila turib yolg‘an xabar berish), 277-moddasi (Bezorilik)  bilan tegishli tartibda  jinoiy javobgarlikka  tortilishi  va   yetkazilgan moddiy  zararni  to‘lash majburiyati  yuklatilishi mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har bir fuqaro o‘ziga berilgan  hukuklardan to‘g‘ri  foydalanishi, boshka shaxslar manfaatilariga zarar yetkazishdan tiyilishni bilish ma’naviy  burchimiz  ekanligini, har kanday qonunga xilof   tarzda  qilingan harakat yoki haraksizlik  o‘z  o‘zidan  tegishlicha   javobgarlik  holatlarni keltirib chiqarishini unitmasligimiz lozim.          

Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi  
Tergov bo‘linmasi boshlig‘i mayor   
Jumageldiev Jamshidbek Norali o‘g‘li

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM