Bayramingiz muborak, aziz ayollar!

Joriy yilning 5-mart kuni Diyora bazmgohida 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman hokimi Dilshod Shakarboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va tumanimiz xotin-qizlariga o‘zining bayram tabrigini yo‘lladi. Tadbirda xizmat faoliyatida o‘rnak ko‘rsatgan, namuna bo‘la olgan, ilg‘or va faol xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tantanali kechgan tadbir xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlari hamda ishtirokchilarning raqslariga ulanib ketdi.

Umumiy aytganda, bayram tadbiri kutilganidandan ham zavqli, fayzli, shukuhli o‘tdi va xotin-qizlar quvonchiga quvonch qo‘shdi.

 

 

 

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM