Qo‘shrabot tumani 2024-yil 1-mavsum Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali fuqarolar tamonidan kelib tushgan takliflar haqida MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining” 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli Qarorining nizom talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2024-yil 1-mavsumda Qo‘shrabot  tumani bo‘yicha jami 109 ta loyihalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali fuqarolar tamonidan kelib tushgan. Ushbu loyihalar Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashining 2024-yil 7-fevraldagi VI-79-9-7-97-K/24-son qaroriga asosan tashkil topgan komissiya tamonidan 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli Qarorining nizom talablari asosida hamda tegishli tashkilot va muassasalar xulosasiga asosan saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saralash bosqichida 109 ta taklifdan 15 tasi nizom talablariga mos kelmaganligi sababli rad etildi. 94 taklif ovoz yig‘ish bosqichiga o‘tkazildi.

Ushbu takliflardan;

  • 39 tasi ichki yo‘llarni ta’mirlash piyodalar yo‘lakchasi va yo‘l o‘tkazgichlar qurish bilan bo‘liq.
  • 27 tasi umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy texnik bazasini rivojlantirish tadbirlari bilan bog‘liq.
  • 8 tasi tumanimiz hududidagi MFYlarda yangidan transfarmatorlar qurish, sim yag‘ochlarni yangisiga almashtirish, yopiq liniyalar tortish va ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish bilan bog‘liq.
  • 8 tasi tumanimiz hududidagi MFYlarda yangidan transfarmatorlar qurish, sim yag‘ochlarni yangisiga almashtirish, yopiq liniyalar tortish va ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish bilan bog‘liq.
  • 4 tasi tumanimiz hududidagi boshqa ta’lim muassasalarini tamirlash va moddiy texnik bazasini rivojlantirish tadbirlari bilan bog‘liq.
  • 2 tasi sport muassasalarini ta’mirlash va modiy texnik bazasini rivojlantirish tadbirlari bilan bog‘liq.
  • 2 tasi mahalla guzarini ta’mirlash bilan bog‘liq.
  • 2 tasi ichimlik suvini yaxshilash bilan bog‘liq.
  • 1 tasi sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy texnik bazasini rivojlantirish tadbirlari bilan bog‘liq.
  • 1 tasi maktabgacha ta’lim tashkiloti muassasalarini ta’mirlash va moddiy texnik bazasini rivojlantirish tadbirlari bilan bog‘liq.

2024-yil 13-mart kunidan boshlab saralash bosqichidan o‘tgan takliflar uchun ovozlar to‘plash boshlanadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining” 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli Qaroriga belgilangani bo‘yicha ovoz berish bosqichida fuqarolar bir mavsum doirasida bitta loyihaga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunda ovoz berishda fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, portalda ovoz beruvchilar ro‘yxati shakllantirilib boriladi hamda takroran ovoz berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida ovoz berish SMS xizmati orqali portal, mobil ilova yoki ijtimoiy tarmoqlarda ishga tushirilgan rasmiy botlar orqali amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. “Fuqarolar tashabbusi” jarayoni 2024-yil 1-mavsumda tumanimizdagi 45 ta mahallalardan kelib tushgan takliflar ovoz yig‘ish jarayonlarida ishtirok etmoqdalar.

Siz va jamoatchilikni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish uchun o‘zingiz yoqtirgan taklif loyihasi uchun ovoz bering!

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM