Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Uchqun Boymonov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mavzu: Tumanda ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

Qo‘shrabot tumanida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar jami 57 561 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha va maktab ta’limiga qamrov darajasi 35 387 nafar (61,4%).

Bugungi kunda tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar soni chin yetimlar 40 nafar, voyaga yetmagan ota ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 188 nafar, nogironligi bo‘lgan bolalar soni 834 nafar, uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi bolalar 79 nafar, to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalar 409 nafar, ota-onasi xorijiy mamlakatlarga (migrant) ishlashga, o‘qishga yoki boshqa maqsadlarda ketgan bolalar  72 nafarni tashkil etadi.

Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyasi raisi tomonidan 188 nafar bolalarga vasiy va homiylar tayinlangan bo‘lib, shundan 122 nafar bolalar vasiylikka, 66 nafar bolalar homiylikka olish to‘g‘risida tuman hokimining qarorlari chiqarilgan. Ushbu 188 nafar bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi tomonidan doimiy monitoring o‘tkazilib, aniqlangan muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan: Tumanimizda chin yetimlar 40 nafarni tashkil qilib 2023-yil davomida “Mehr daftari” va homiyliklar hisobidan chin yetimlarni jamiyatga moslashtirish va orzu istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida 7 nafariga noutbuk, 7 nafariga televizor, 5 nafariga kir yuvish mashinasi, 15 nafariga uyali aloqa vositasi, 10 nafariga planshet, 1 nafariga payvandlash uskunasi, 10 nafariga velosiped, 2 nafariga sport anjomlari, 3 nafariga elektr pechi, 3 nafariga tikuv mashina, 1 nafariga motokultivator, 1 nafariga kesuvchi maydalagich (bolgarka) uskunasi, 3 nafariga yumshoq mebellar, 1 nafariga stol tennisi ajratib berildi.

Shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi tomonidan sudlarda 46 nafar bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilindi. 9 nafar bolalarning uy-joylariga bo‘lgan meros huquqi ta’minlandi. 13 nafar bolalar ota-onasining qaysi birida qolishligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Hozirda ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan hamda ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalarni aniqlash va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida  mahallalar va maktablarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan mahalla raislariga va maktab direktorlariga ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalar aniqlangan vaqtdan 7 kun muddatda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basiga xabar berishligi bo‘yicha O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-sonli qarori bilan mahalla raislariga va maktab direktorlariga ogohlantirish xatlari chiqarilib javob xatlari olingan va muntazam ravishda, mahallalar va maktablar bilan hamkorlikda xatlovlar o‘tkazilib, xatlovda aniqlangan 66 nafar qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalarga vasiy va homiylar tayinlash ishlari amalga oshirilgan.

 Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyasi raisi tashabbusi bilan har bir qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan bolalarning yaqin qarindoshlari bilan birma bir suhbat o‘tkazilib vasiylikga olishda vasiydan bir qancha majburiyatlari tushuntirildi va kerakli majburiyatlar belgilab berildi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM