Murojaatlar ijrosi. Bugungi kunda eng dolzarb masala

Joriy yilning 23-iyul kuni Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlashda yangicha tizimni joriy etishga bag'ishlangan vedioselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda tuman hokimligida tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida barcha turdagi murojaatlar va ularning bugungi kundagi yechimi tahlil qilindi. Bugungi kunda fuqarolar tomonidan asosan gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va kredit olish kabi masalalarda ko'p murojaatlar tushayotganligi aytib o'tildi.

 Tuman hokimi tomonidan har bir kelib tushgan murojaatlarga tegishli tashkilot rahbarlari yuzaki yondashmaslik, murojaatlar qonuniy tartibda imkon qadar ijobiy yechim topish lozimligi alohida ta'kidlandi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM