Янгиликлар

“ENG YAXSHI XOTIN-QIZLAR FAOLI” ANIQLANDI

Tumanimizdagi 5-son bolalar musiqa va san’ait maktabida “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Maxmudova ochib, ishtirokchilarga omad tiladi. Ushbu tanlovda har bir sektor hududidan 2 navardan mahallalardagi xotin qizlar faoli vazifasida ishlovchi xodimlar ishtirok etishdi.

Navbatdagi sayyor qabul "Qiyqim" MFY aholisi uchun o'tkazildi

Bugun, tuman hokimi, 1-sektor rahbari D.Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Qiyqim" MFY hududida joylashgan 13-maktabda navbatdagi sayyor qabuli o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.

 

RASMIY MUNOSABAT

Samarqand LIVE telegram kanali orqali Qo‘shrabot tumani Shova mahallasi sun’iy qoplamali mini futbol maydonchasi qurish bo‘yicha tashabbusli byudjet loyihasida 2023-yilning birinchi bosqichida g‘olib bo‘lganligi va 500 million so‘m mablag‘ ajratilgani, avgust oyiga kelib, loyihani tenderda yutgan qurilish firmasi rahbari 30x15 metr kattalikdagi maydon qurilishini bildirgani va aholi loyiha doirasidagi maydon qurilishini talab qilganidan so‘ng ish boshlanmay qolib ketganidan qilingan murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Qo‘shrabot tumani Qo‘rolos mahallasida yashovchi yolg‘iz ona Ergasheva Tursinoy Xubbimtosh qizi facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali murojaat yo‘llab, unda uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lib, hozirda fuqaro uysiz ekanligi, mutasaddilardan yolg‘iz ona hamda boquvchisi yo‘qligini inobatga olgan holda subsidiyaga uy olishda amaliy yordam berishlarini so‘rab qilgan murojaati yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM