Navbatdagi ommaviy sayyor qabul 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida o'tkazildi

Inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bugun, 1-may kuni tuman hokimi D.Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida navbatdagi sayyor qabuli o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan murojaatlari tinglandi. Qabul davomida 33 nafar fuqarodan 40 ta murojaatlar asosan, elektr energiyasi, tibbiyot, yaylov masalasi, ishga joylashish, tabiiy gazga ulanish, moddiy yordam olish va shu kabi masalalar kelib tushdi.

Bildirilgan murojaatlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM