Aliment to'lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 24.11.2020-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6118-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida,  Byuroning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlardan aliment va moddiy ta’minot undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, joriy yilning 5 oy davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan 67 nafar oilalar yarashtirilgan, 41 nafar qarzdorlar ishga joylashtirilgan, 401 nafar qarzdorlardan 1,139 mln so‘m aliment pullari undirilgan, shundan  986,5 mln so‘mi undiruvchilarning plastik kartalariga o‘tkazib berilgan hamda 8 nafar qarzdorlar 49,7 mln so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab bergan.

Shuningdek, 382,3 mln so‘m aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan 22 nafar qarzdorlarga nisbatan sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasi tartibda 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan va 18 nafar qarzdorlarning 28,7 mln so‘mlik mol-mulklari xatlangan.

Aliment va moddiy ta’minot qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamagan 27 nafar qarzdorlarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, shundan 19 nafari topilgan.

 Hozirgi kunda, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM