Navbatdagi sayyor qabul "Zarmitan" MFY aholisi uchun o'tkazildi

Joriy yilning 21-iyun kuni tuman hokimi, 1-sektor rahbari D.Shakarboyev hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Zarmitan" MFY hududida joylashgan 34-maktabda navbatdagi sayyor qabul o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.

Qabul davomida asosan elektr energiya, moddiy yordam olish, ichki ko'chalarni asfaltlashtirish, ichimlik suvi, gaz balloni olishda amaliy yordam, ishga joylashish va shu kabi 16 nafar fuqarodan 19 ta murojaatlar kelib tushdi. 

Bildirilgan murojaatlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM