Qo‘shrabot tuman mahalliy byudjeti 2023-yil 6 oylik G‘azna ijrosi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlariga xarajatlarni moliyalashtirish har oyning 1-4 sanalarda  va avans to‘lovlari 15-18 sanalarida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar tumandagi barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish xaqi to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib, tijorat banklari orqali to‘lanib kelinmoqda.

Hammamizga ma’lumki, Respublikamizda so‘nggi yillarda iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy va boshqa barcha  sohalarimizda tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Moliya vazirligi tomonidan ham bir qator islohotlar amalga oshirilib, bugungi kunda byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan tuzilgan shartnomalar va to‘lov topshiriqnomalari to‘liq elektron tarzda almashinuviga erishildi. 

Elektron hujjatlar almashinuvining yo‘lga qo‘yilishi natijasida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 3 kundan 1 kunga qisqarishiga, qog‘oz xarajatlarining kamayishiga, byudjet tashkilotlarning g‘aznachilikka kelib ketadigan vaqti 3 barobarga qisqarilishiga erishildi.
Shu bilan birga 2023-yil yanvar oyidan bugungi kunga qadar tuman G‘aznachilik xizmati bo‘limi tomonidan ijtimoiy nafaqalar uchun moliyalashtirilgan mablag‘lar tuman bo‘yicha jami 24,698,5 mln so‘mni tashkil qilib, shundan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi 23 934,5 mln so‘m, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam 764 mln so‘m, Davlat – xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari uchun subsidiyalarga 6 865,6 mln so‘m to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ta’minlash va uning tartib taomillarini amalga oshirilishida Moliya vazirligi va Tovar xomashyo birjasi bilan birgalikda ish olib bormoqda.
Joriy yil davomida   davlat xaridlarini  elektron auksion tizimi orqali amalga oshirilishi tufayli, tumanimiz byudjet tashkilotlari tomonidan 117 ta  387,5 mln so‘mlik boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha auksion o‘tkazildi va 78,2 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari tejalishiga erishildi.

Bundan  tashqari, davlat xaridlarini  elektron do‘kon  tizimi orqali amalga oshirilishi natijasida, tumanimiz byudjet tashkilotlari tomonidan 424 ta  4256,9 mln so‘mlik boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha savdo o‘tkazildi va 987,1 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari tejalishiga erishildi.

Davlat xaridlarini “Eng yaxshi takliflarni tanlash”  tizimi orqali amalga oshirilishi natijasida, tumanimiz byudjet tashkilotlari tomonidan 46 ta  10 765 mln so‘mlik boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha savdo o‘tkazildi va 693,6 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari tejalishiga erishildi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM