“Umumta’lim maktablarida harbiy sohaga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar”  haqida

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar boyicha orinbosari Kubaev Xolbek Shirinboevich  ishtirokida matbuot anjumani  “Umumta’lim maktablarida harbiy sohaga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar”  haqida

      Tumandagi 88 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 88 nafar chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 10-11-sinflarda o‘quvchilar ChQBT fanini haftasiga 1 soatdan DTS talablari asosida o‘qib o‘rganishmoqda.

      Tumandagi 88 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining har birida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngilli klublar hamda “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida hududlar kesimida turli xil tadbir va musoboqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

 Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan yoshlarni harbiy-kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga sodiqlik va fidoyilik his tuyg‘ularini shakllantirish borasida ommaviy madaniy  chora-tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

       Jumladan:

        2023/24-yil o‘quv yillari uchun mo‘ljallangan rejaga muvofiq muddatli harbiy xizmat saflariga, saralab, tanlab olingan yosh chaqiriluvchilardan 162 nafar fuqarolar,  Vatan sarhadlarida o‘z yigitlik burchini bajarishlik harbiy qismlarga yuborildi. Shuningdek yosh harbiy-texnik mutaxasisiliklari bo‘yicha 16 nafar chaqiriluvchi turli xil ko‘rinishdagi harbiy mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanib muddatli harbiy xizmat saflariga xizmat qilish uchun yuborildi.

        Bundan tashqari, 2022-2023-yilda 32 nafar chaqiriluvchilar hujjatlar topshirgan bo‘lsa joriy yilda oliy harbiy bilim yurtlarida ta’lim olishga 110 nafar chaqiriluvchilar hujjatlar topshirib, shundan dastlabki saralash bosqichlaridan 60 nafari to‘liq o‘tib bo‘ldi bundan tashqari “Temurbeklar” harbiy akademik litseylariga 60 nafari hujjatlar topshirib dastlabki saralash bosqichlaridan 22 nafari to‘liq o‘tib bo‘ldi.

       Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-mart kunidagi № PQ-150-sonli “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2022-yil 10-mart kunidagi №133-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi № PQ-150-son qarori ijrosini tashkillashtirish haqida”gi buyrug‘iga muvofiq Qo‘shrabot tuman hududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hamda 88 ta umumta’lim o‘rta maktablarida, boshqa o‘quv ta’lim muassasalarida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

         88 ta umumta’lim o‘rta maktablarida “Vatan tayanchi” otryadi faol 42 nafar a’zolariga oliy harbiy bilim yurtlariga kirishi uchun 5% li  imtiyoz berildi. 

       Bu tadbirlardan asosiy maqsad, yosh o‘smirlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kelajak avlodni vatanga munosib farzand bo‘lishlikka, vatanimiz sarhadlarini mustahkam himoya qilishlikka, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining suverinitetligi ta’minlash, hamda malakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy pog‘onalarda jahon andozalariga olib chiqish vazifalarini bajarishlikka astoydil sa’y harakatlar qilinmoqda.

      Xalq ta’limi bo‘limi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi chaqiriqqa qadar boshlang‘ich ta’lim rahbarlari hamkorligida, ular ta’lim berayotgan umumiy ta’lim maktablarida harbiy-ta’lim o‘quv mashg‘ulotlari uchun o‘quv moddiy bazalarini yaratish uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda.

      

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM