Tumanda yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish va yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Davlat rahbari tomonidan PQ-92-sonli Qaror ijrosi yuzasidan tumanda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

  Ochiq tanlovlar asosida tumandagi 45 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga Yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlar saralab olindi.

Bugungi kunda  tumandagi jami 135139 nafar aholining 36575 nafarini  (27.7%)–14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etib, ularning, 443 nafari (1,2 %) hozirda xorijiy davlatlarga  ishlash, o‘qish uchun chiqib ketishgan.

Tumanda “Yoshlar daftari” bo‘yicha xatlov o‘tkazilib 36575 nafar yoshlardan anketa so‘rovnomalari to‘ldirildi.

 Shundan 36575 nafar yoshlar ro‘yxati (100%) elektron bazaga kiritildi.

- 16276 nafari (44,5%) ta’lim va davlat tashkilotlarida band bo‘lgan yoshlar;

- 8592 nafari (23.5 %)ning bir qismi  ishlash  istagi yo‘qlar, bola parvarishi bilan band uy bekalari va abituriyentlar;

- 5296 nafari (14,5 %) norasmiy ishlaydigan, band bo‘lganlar;

- 3916 nafar (10,7 %) boshqa tarmoqlarda band bo‘lgan yoshlar

 -923 nafari (2,5%) ishsiz yoshlarni tashkil etadi.

Tumandagi 45 ta mahallalar barchasida “Yoshlar balansi” shakllantirilib, uning asosida “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturi” ijrosi yo‘lga qo‘yildi.

Shakllantirilgan “Yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari” asosida tumandagi 45 ta mahallada yoshlar bilan ishlash holati baholanib, 18 tasi yashil (40 %), 27 tasi sariq (60 %) toifalarga ajratildi.

Tumandagi 1184 nafar yoshlar “Yoshlar daftar”iga kiritilib, shundan 997 nafari ko‘rsatilgan har taraflama ko‘maklar natijasida daftardan chiqarildi.

QIZIL TOIFAGA KIRUVCHI YOSHLAR MA’LUMOTI

Qizil toifaga kiruvchi tuman bo‘yicha 839 nafar yoshlarni tashkil etadi SHUNDAN;

1- Sektorda 229 nafar

2- Sektorda 177 nafar

3- Sektorda  222 nafar

4- Sektorda 210 nafar tashkil etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi
PQ–92-son qarori, O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2022-yil  23-24-fevral’ kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 25-fevral kuni o‘tkazilgan 16-sonli yig‘ilish bayoni (2022-yil   7-martdagi  02-PA 1-3163-son)ning 123, 125-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2022-yil 17-martdagi yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ushbu mavsumda tumanimiz jamoalari viloyat miqyosida 3 ta sport turidan Respublika bosqichiga 4 ta yo‘llanmani ( Para shaxmat qizlar A-liga (Urganji MFY), Yengil atletika qizlar 27-30 yosh toifasi V-liga (Tinchlik MFY), shashka qizlar 22-26 yosh toifasi S-liga (Do‘slik MFY), Yengil atletika qizlar 22-26 yosh toifasi S-liga (Qo‘shrabot MFY) qo‘lga kiritib, viloyatda umumjamoa hisobida 12-o‘rinni qo‘lga kiritdik.

“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarimiz sport musobaqalarining respublika bosqichida  A-ligada 1 ta birinchi o‘rin (Para shaxmat qizlar
A-liga Urganji MFY), B-ligada 1 ta uchinchi o‘rin (Engil atletika qizlar
27-30 yosh toifasi V-liga Tinchlik MFY), S-ligada 1 ta uchunchi o‘nin  (shashka qizlar 22-26 yosh toifasi S-liga Do‘slik MFY)ni egallab tumanimizga
395 million so‘mlik investitsiya olib kirishdi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM