Tumanda Keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama e`zozlash borasida qilinayotgan ishlar

Nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish yo‘nalishida:

Tumanda 5 nafar keksa avlod vakillari I, II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;

          hududlardagi Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va “Keksalar maslahati” guruhlari a’zolari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan 26 marotaba seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi;

         45 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi hamda g‘oliblar munosib taqdirlandi;

         “Salomatlik uchun besh ming qadam” shiori ostida tuman markazida keksalar ishtirokida piyoda yurish tadbirlarida  4200 dan ortiq aholining ishtiroki ta’minlandi;

           nuroniylar tomonidan savdo shoxobchalarida, dehqon bozorlarida narx-navolarni barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 90 dan ortiq jamoatchilik nazorati o‘tkazildi;

  Nuroniylar jamoatchilik kengash,“Keksalar maslahati” guruhi, “Buvijonlar maktabi” kengash va ichki ishlar huquq-tartibot profilaktika inspektorlari ishtirokida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, oilaviy ajrimlarni oldini olish bo‘yicha 4500 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi;

 “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida 76 nafar nuroniylar 646 nafar tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan va ishsiz yoshlarga biriktirildi;

  yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish borasida harbiy qismlarda 5 ta uchrashuvlar o‘tkazildi;

 mahallalarda hoji ota-onalar tomonidan maxsus ro‘yxatdan chiqarilgan avf etilgan 5 nafar shaxslar hamda 1312 nafar notinch oilalar a’zolari bilan muloqotlar o‘tkazildi;

“Oila muqaddas” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlarda nuroniylar ishtirokida 16 ta notinch oila yarashtirildi;

 71 nafar voyaga yetmaganlar profilaktik hisobdan chiqarildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan 16 nafar shaxslarning bunday illatdan xalos bo‘lishiga erishildi;

 Yozgi ta’tilda bolalar va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini na’munali tashkil etish bo‘yicha davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, obro‘ e’tiborli 65 nafar keksalar, 15 nafar tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari bilan 1,81,78,13,10,30,49,73-sonli maktablarda “Keksa avlod uchrashuvlari” tadbirlarlari o‘tkazildi , unda jami yoshlar va keksalardan 367 nafar ishtirokchilar ishtirok etdilar;

Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bag‘rikengik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turkum tadbirlar, tumanimizning jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, obro‘ e’tiborli keksalar bilan tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Bir nuroniy o‘n yoshga ma’sul” loyihasi asosida nuroniylar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etildi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-92 son qarori ijrosini ta’manlash maqsadida, tumanimizdagi 45 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida Nuroniylar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Mahallada velosayr” loyihasi asosida bir necha sport turlaridan misol uchun: “Voleybol”,”Basketbol”,”Futbol”,”shaxmat-shashka”, sport musobaqalari tashkil etilib, unda 150 nafardan ortiq nuroniylar va 1200 nafardan ortiq yoshlar ishtirokchi sifatida qatnashdilar.

Nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtirib borish yo‘nalishida:

Qo‘shrabot tuman hokimligi va “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida 150 nafar nuroniylar ishtirokiga mo‘ljallangan “Shukronalik” tadbiri tashkil etildi.

672 nafar nuroniylar muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlariga sayohatlari uyushtirildi;

5  nafar keksalar Samarqand viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi, 3216 nafar nuroniylar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi,

        32 nafar mehnat fronti orti qatnashchilari, 7 nafar 100 yoshdan oshgan keksalar, 10 nafar yolg‘iz keksalar va 5 nafar nogironligi bor nuroniylarga  xomashyo ko‘rinishidagi moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish yo‘nalishida:

100 yoshga kirgan 7 nafar nuroniylar, 44 nafar mehnat fronti ishtirokchilari, 39 nafar yakka yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi;

        “Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida 6 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar, yakka yolg‘iz keksalarning 6 nafariga dori-darmon vositlari, 39 nafar o‘zgalar parvarishiga muxtoj yakka yolg‘iz keksalargi 8000 kg ko‘mir maxsuloti, 165 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 5 nafariga moddiy yordamlar berildi.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM