RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi O‘zbekiston qishloqlaridagi aholi qanday sharoitda yashamoqda..?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqola yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

Qo‘shrabot tumanida joriy yilda 5 ta mahallada  6 ta ko‘prik qurilgan bo‘lib, 3 tasi piyodalar ko‘prigi, 3 tasi avtomobil ko‘prigi hisoblanadi. Kelasi yillarda ham 5 ta mahallada ko‘priklar qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 1 ta ochiq lotokli, 4 ta avtomobil ko‘priklarini qurish rejalashtirilgan.

Maqolada keltirib o‘tilgan, Qo‘shrabot tumani, Oqchobsoy mahalla fuqarolar yig‘ini, Ustuk qishlog‘idagi ko‘prik qurilishi uchun tuman hokimligi tomonidan qurilish materiallari ajratilib mahalla aholisining tashabbusi bilan aholi tomonidan ushbu ko‘prikni hashar yo‘li bilan ta’mirlash rejalashtirilganligi ma’lum qilinadi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM