Matbuot anjumani

Qo‘shrabot  tumani  hokimi  o‘rinbosari  Kubayev Xolbek Shirinboyevich  ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Mavzu: Qo‘shrabot tumanida fuqarolar huquq va manfaatlarini

himoya qilish yuzasidan Birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, kelgusida bu borada bajariladigan ishlar to‘g‘risida
        

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga binoan Qo‘shrabot tumanida yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Avvalambor shaxsning muayyan davlat bilan uzviy huquqiy munosabatda bo‘lishi, ya’ni shu davlat fuqaroligiga ega bo‘lishlikning o‘zi alohida huquqiy holatni belgilab beradi. Inson va fuqarolar huquqi va majburyatlarining birligi inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini tadbiq qilishda alohida shaxslarning huquq va erkinliklarini buzishga yo‘l qo‘ymaslik. Shaxs huquqiy omilining konstitutsiyaviy prinsplari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarida, inson va fuqarolar huquqi va erkinliklarining bevosita amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy normalar asosida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydi.

 Fuqarolar huquqi va burchlarini davlat o‘zi belgilab beradi. Turli mamlakatlarda fuqarolarning huquq va burchlari bir xil emas. Ular mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy darajasiga bog‘liq.  O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ijtimoiy va davlat qurilishida real demokratiyani har tomonlama kengaytirib, rivojlangan, ma’rifatli davlatlar safiga kirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan davrda inson erkinligi, fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini konstitutsiyaviy qonunlarda ifoda etibgina qolmay, uning rivojini hamda takomillashuvini shu maqsadda tuzilgan va tuzilayotgan davlat organlari, jamoat uyishmalari va ko’ngilli tashabbuskor tashkilotlar o’zlari olib borayotgan ko’p qirrali faoliyatlar bilan ham amalga oshirmoqda va kafolatlamoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari tizimi shakllandi. Bu tizimda an’anaviy sudlov va huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat bo’lgan sudlov organlari bilan bir qatorda, inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar va nodavlat tashkilotlardan iborat bo’lgan inson huquqlari bo’yicha nosudlov organlari ham shakllandi. Inson huquqlarini himoya qilishning sudlov organlariga, birinchi navbatda, sud hokimiyati tizimiga kiruvchi sudlar, ya’ni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, umumiy sudlar, xo’jalik sudlari kiradi.          Sudlar tizimi bilan bir qatorda huquqni muhofaza qilish organlari, ya’ni prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi kabi nafaqat inson huquqlarini, balki mamlakatdagi huquq-tartibotni ham himoya qilish bilan shug’ullanuvchi vazirliklar va davlat idoralari ham inson huquqlarini himoya qilish tizimida va odil sudlovni ta’minlab berishda muhim halqani tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu huquqni muhofaza qilish organlari tizimlarida inson huquqlari masalalari bilan shug’ullanuvchi alohida tuzilmalar tashkil etilgan. Inson Huquqlarini sud orqali himoya qilish inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmining tarkibiy va hal qiluvchi qismidir. Chunki, sud buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklash tizimida eng muhim vosita hisoblanadi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda prokuratura organlari huquqni muhofaza qiluvchi, shu jumladan, inson huquqlarini himoya qilish tizimida muhim va asosiy o’rinlardan birini egallaydi. O’zbekiston Respublikasining prokuratura organlari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Prokuratura to’g’risida”gi qonuni hamda faoliyatiga daxldor bo’lgan boshqa qonunlar asosida olib boradi. Mazkur qonunga binoan, prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hisoblanadi.
           Ichki ishlar idoralarining asosiy vazifalariga konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash, fuqarolarning hamda korxona, muassasa va tashkilotlarning mulkini, huquq va erkinliklarini har xil jinoiy tajovuzlardan va boshqa huquqbuzarliklardan himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarning qisqa fursatda to’liq ochilishini ta’minlash, jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish, pasport tizimi faoliyatini ta’minlash (fuqarolarga pasport berilishini, ularning ro’yxatdan o’tishi va chiqishini, vizalarini rasmiylashtirish), yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash, ma’muriy javobgarlik va jinoiy jazolarning bajarilishini ta’minlash, yong’in xavfsizligini saqlash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, fuqarolar tomonidan o’qotar qurollarni sotib olish, saqlash va olib yurish tartibini nazorat qilish va rasmiylashtirish kabi ko’plab vazifalar kiradi.
            O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonun ijodkorligi va huquqni qo’llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, insonning konstitutsiyaviy huquq hamda erkinliklarini himoya qilish bo’yicha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2011-yil 23-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1602-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga muvofiq, Adliya vazirligi davlat boshqaruv organi hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo’yicha-bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo’ysunadi.
Inson huquqlarini himoya qilishda ayniqsa, advokatura institutining roli katta hisonlanadi. Advokatura o’z nomi bilan, avvalambor, inson huquqlarining himoyachisi hisoblanadi. O’zbekistonda advokatura institutini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Advokatura instituti vakolatlarining tobora kengayib va faoliyatining rivojlanib borishi inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning nosudlov mexanizmi yanada takomillashib borayotganidan va kuchli fuqarolik jamiyatining poydevori mustahkamlanib borayotganidan darak beradi.
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM