Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Mavzu: Qo‘shrabot tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan hamda Inson qadri uchun degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida 2023-yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 237-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-iyunda 2801-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tumandagi tegishli tashkilotlar  bilan xamkorlikda o‘rganib chiqildi.

Tumanda 2023-yilning 29-avgust holatiga ko‘ra  Vazirlar Maxkamasining 237-sonli qarori 2-ilovasi “Keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini shakllatirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq 37 nafar fuqarolar ro‘yxatga olingan va  ulrning xujjatlar to‘plami o‘rnatilgan tartibda xar bir  ro‘yxatga olingan yolg‘izning yolg‘izligini tasdiqlovchi (asoslovchi) xujjatlari mavjud, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari  va boshqa aloqador  tashkilotlar  tomonidan  ma’lumotnomalar va  ariza, shaxsini tasdiqlovchi xujjat nusxasi, o‘zgalar parvarishiga muhtojligi to‘g‘risidagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning xulosalari mavjud. Har bir ro‘yxatga olingan yolg‘iz  uchun alohida kortochka (delo) ochilgan  va belgilangan  tartibda  yuritilmoqda. Yuqoridagi qarorning 3-ilovasiga asosan 2023-yil 18-fevralda 15 nafar yakka-yolg‘iz ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2022-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining Qarori asosida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar o‘rniga nafaqasiga (pensiya)siga eng kam oylik ish haqqi miqdorida  ya’ni 305 000 so‘mdan kompensatsiya to‘lab berilmoqda.

         Jami ro‘yxatga olingan 38 nafar yakka-yolg‘izga 5 nafar  ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar  xar bir yakka-yolg‘izga xarakat xaritasi asosida  xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

         Yolg‘izlarga uyida ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi xodimlar belgilangan tartibda 2022-2023-yilda  qayta meditsina ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Yolg‘iz keksa pensioner va nogironlarni dispanser ko‘rigidan o‘tkazish uchun  sog‘liqni saqlash muassasasiga taqdim qilingan  ro‘yxatga binoan 2022-2023-yil tibbiy muassasalar tomonidan dispanser ko‘rigi o‘tkazilgan  dispanser natijalariga ko‘ra 12 nafari uy sharoitida, 4 nafari  shifoxonada 5 nafari ambulatoriya sharoitida davolashga muxtoj deb topilgan.

         2023-yil 20-avgust xolatiga dispanser natijalariga ko‘ra 10 nafar uy sharoitida, 5 nafar shifoxonada, 4 nafar yakka yolg‘izlar  ambulator sharoitida davolangan.

2023-yil 20-iyun  holatiga 6 nafar yakka-yolg‘iz bepul sanatoriya sihatgohlarida sog‘lomlashtirildi.

         Dispanser ko‘rigi natijasiga asosan 2 nafariga nogironlik aravasi 2 nafari eshitish moslamasiga, 5 nafari hassaga, 1 nafari ovozli termometrga muxtojligi mavjud yakka-yolg‘izlar  aniqlangan va ta’minlangan.            

         2022-2023-yil mobaynida  protez ortopediya va reablitatsiya vositalarini so‘rab 200 nafarga yaqin fuqarolar murojaat qilgan bo‘lib, shundan 2023-yilda jami muxtoj nogironlardan  30 nafari nogironlar aravachasi, 60 nafari xassa, 14 nafari eshitish moslamasi, 23 nafari qo‘ltiq tayoq, 10 nafari ko‘zi ojizlar hassasi bilan ta’minlangan. 2023-yil uchun  nogironlarni  reabilitatsiya texnik vositalari  bazasi shakillantirilgan, TMEK tomonidan tasdiqlangan. 2023-yilda  reablitatsiya texnik vositalar bazasiga kiritilgan har bir ta’minlangan fuqarolar bilan  shartnomalar tuzilgan.

            O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2016-yil 14-iyunida 2018-yil 3-apreldagi 2801-1-son bilan ro‘yxatga olingan yo‘riqnomaga aossan 2023-yilda protez ortapediya mahsulotlariga muxtojlar ba’zasiga 23 ta mahsulotga 18 nafar nogironning  ro‘yxatlari ba’zaga kiritilgan. 2022-yilda ushbu bazaga kiritilgan muhtoj fuqarolarning barchasi belgilangan tartibda protez-ortopediya mahsulotlari olish uchun yo‘llanma tallonlar bilan ta’minlangan.

2023-yil 1 yarim yillik davomida “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriyalarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 396-sonli qaroriga asosan Qo‘shrabot tumanida  Keksalar va nogironligi bo‘lgan 106 nafar shaxslarga sanatoriyalarda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM