Qo‘shrabot tumani 2-sektor rahbari Mirsafayev Jahongir Sirojiddinovichning sektor aholisiga MUROJAATI

Assalomu alaykum, Hurmatli sektor aholisi!

Tumanimizning 2-sektorida 12 ta mahallada 4,8 mingta xonadon, 7,1 mingta oilalar mavjud bo‘lib, shundan 0,8 mingtasi kam daromadli oilalar, 1,2 ming nafar ishsiz fuqarolarni  tashkil etadi.

Tumanda 2-sektorga qarashli 12 ta mahallada ishsiz aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. Buning uchun, eng avvalo aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlashimiz kerak.

Bugungi kunda, sektor hududida aholi soni 30,3 ming nafarni, shundan mehnat resurslari 17,5 ming nafarni tashkil etib, iqtisodiy faol aholi ya’ni mehnat qilishga tayyor aholi qariyb 10,7 ming nafarni tashkil etadi.

Ulardan 10,7 ming nafari (35,44 foiz) ish bilan band. Hozirgi kunda sektor hududida ishsizlar soni 1,2 ming nafarni, ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etadi.

Ayniqsa, bu ishlarni tashkil etishda 12 ta mahalladagi “beshlik” uyma-uy yurib, aholining ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash, dehqonchilik qilish, kasb-hunarga o‘qish kabi xohish- istaklarini aniqlab, shu asosida ish tashkil etishmoqda.

II. Bugungi kunda, biz qolgan 1,2 ming nafar ishsizlarning manzilli ro‘yxati, kasbi, mutaxassisligi, yoshi va istaklari bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirib oldik.

Bundan tashqari, joriy o‘quv yilini 475 ga yaqin bitiruvchilar tamomladi.

Ulardan 143 tasi ta’limning keyingi bosqichi bilan qamrab olinishi, qolgan 332 nafari mehnat bozoriga kirib keldi.

Hisob-kitobimga ko‘ra, yil yakuniga qadar yana 1,2 ming  ishsiz bandligini ta’minlash va 0,8 mingta (703 nafar aholi) oilalarni kambag‘allikdan chiqarish vazifasi turibdi.

Oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilgan bir qator tadbirlar natijasida joriy yil boshidan shu kunga qadar, 120 ta oila (360 nafar a’zosi) daftardan chiqarildi. “Temir daftar”da bugungi kun holatiga 3 ta oila (12 nafar a’zosi) qolib, yil yakuniga qadar ushbu oilalarni belgilangan tartibda daftardan chiqarish bo‘yicha zaruriy ishlarni amalga oshiramiz.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar 42 nafar fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun 370 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari hisobiga asbob-uskuna olib berish, 152 nafar tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqaroga 5,7 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratish,
32 nafar fuqaroga 28 gektar ekin yer maydonlari ijara asosida ajratib berish orqali, jami 274 nafar fuqaro bandligi ta’minlanib, kambag‘allikdan chiqariladi.

Sektor hududidagi mahallalardan jami 474 nafar fuqaro xorijda migratsiyada bo‘lib, yil yakuniga qadar 57 nafar fuqaroni qaytarib olib kelish imkoniyatimiz mavjud. Buning uchun sektor hududiga biriktirilgan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda xorijdagi fuqarolar bilan har oyda zuum platformasi orqali suhbat o‘tkazilib, ularning muammoli masalalari doimiy monitoring qilib kelinmoqda.  

Tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mas’ulllar bilan hamkorlikda jinoyatchilikni jilovlash, aholida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli hal etish borasida barcha zaruriy ishlar qilinmoqda.

Tumanimizni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, jinoyatchilikka to‘liq barham berish uchun avvalo profilaktik ishlarimizni mahalladan boshladik.

Hududlarda mahallabay, xonadonbay, fuqarobay profilaktik ishlarni to‘g‘ri va samarali tashkil qilish maqsadida yangicha tizim, ya’ni mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish samaradorligini oshirish, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarning doimiy daromad manbayini yaratgan holda bandligini ta’minlash hamda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida yagona hamkorlik tizimi tashkil etildi.

Mazkur yangi tizim barcha mahallalarda to‘liq tashkil etilib, mahallalardagi 5 ta vakillarning ish faoliyati samarali tashkil qilinganligi natijasida joriy yilning o‘tgan davri moboynida tumanimizda umumiy jinoyatchilik kamayishiga erishildi.

Agarda, 2022 yilning mos davrida sektor hududida
23 ta jinoyatchilik qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 21 ta jinoyatchilik qayd etilib, 8,7 foizga kamayilishiga erishilgan (sodir etilgan jinoyatlarning asosiy qismini iqtisodiy jinoyatlar tashkil qiladi).

Bundan tashqari, tumanda huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va omillarini aniqlash, ayniqsa yoshlar, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarining sabablari o‘rganilmoqda.

Ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida, 4 ta ustivor yo‘nalish:

yoshlar bandligini ta’minlash, ularga sifatli ta’lim berish, kasb-hunarga o‘qitish va bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom fikr va dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa qilib olganmiz.

Bugungi kunda sektor hududidagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, “yoshlar balansi”ga kirgan 942 nafar (384 xotin-qizlar) yoshlar bo‘lib, (1,9%) “Og‘ir toifa” hisoblanadi, 176 nafar “qizil” toifadagi yoshlarga 4 nafar mas’ul xodimlar biriktirilgan.

Davlatimizning g‘amxo‘rligiga va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muxtoj, 2-sektor hududida qizil toifada bo‘lgan 229 nafar, shundan o‘zimga biriktirilgan 57 nafar yoshlar bilan individual yangicha ishlash, jamiyatda ularning rolini oshirish maqsadida, har biri bilan uchrashib, ularning bugungi kunda mavjud bo‘lgan muamolarini hal etish hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘zimga zaruriy chora-tadbirlar belgilab olganman.

Hozirgi kunda sektor hududida 30 ta sanoat korxonasi,  3 ta qo‘shma korxona, 310 ta kichik biznes sub’ektlari mavjud bo‘lib, shundan 36 tasi faoliyatsiz, 41 tasi kam quvvatli hisoblanadi. Yil yakuniga qadar mazkur korxonalar faoliyatini tiklash va to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy tadbirlarni amalga oshiramiz.

Tumanimizning 5-toyifada ekanligidan kelib chiqib, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalinilgan holda yil yakuniga qadar 27 ta tadbirkorlik sub’ektlari va 14 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilinadi.

Yilning o‘tgan davrida sektor hududida dasturlar doirasida umumiy qiymati 19,5 mlrd.so‘mlik 5 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 58 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, yil yakuniga qadar umumiy qiymati 489,8 mlrd.so‘mlik 14 ta loyiha ishga tushirilib, qo‘shimcha 475 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Tahlillarga qaraydigan bo‘lsak, 2017 yilgacha tumanda bir dollar ham eksport qilinmagan bo‘lsa, o‘tgan 2022 yilda 3,2 mln. dollarlik eksport amalga oshirilib, joriy 2023 yil yakunida bu ko‘rsatkich 4,1 mln. dollarga yetadi.

Shundan, joriy yilda 2-sektor hududida 0,5 mln.dollarlik eksport amalga oshirilib, yil yakuniga qadar yana 0,7 mln.dollar eksport qilinadi.

Shuningdek, sektor hududida joriy yilning o‘tgan davrida “Angora Agro Industiral” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan bog‘dorchilikni tashkil etish loyihasi doirasida 0,9 mln.dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, qo‘shimcha 35 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2-sektor hududiga qarashli “Jonbuloq” MFY hududida Xitoy davlatining “Heng Fu Xin Stone Industry” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan umumiy qiymati 15 mln. dollarlik  58 ga konlarni o‘zlashtirish va 13 ga yer maydonida granit toshlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish hisobiga yiliga 2 mln. m3 xajmdagi granit toshlari qayta ishlanadi va 300 nafar aholi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM