Qo‘shrabot tumani IIB boshlig‘i 3-sektor rahbarining mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholiga murojaatnomasi bo‘yicha MA’LUMOTNOMA

Assalomu alaykum, Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Samarqand viloyatiga tashrifi va tashrif davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda sektor rahbarlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholiga murojaatnomalar yo‘llashi bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi ushbu topshiriq bo‘yicha bugun yig‘ilib turibmiz.

Kun tartibidagi masalalar

1. Jinoyatchilikni oldini olish;

2. Qambag‘allikni qisqartirish;

3. Ishsizlikni oldini olish ;

4. Tadbirkorlikni rivojlantirish;

5. Oziq-ovqat xavfsizligi.

1. Jinoyatchilikni oldini olish;

Joriy yilning o‘tgan davri moboynida tumanda fuqarolarning huquq va erkinlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish borasida hamkor tashkilotlar, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan,

- oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida “Turmush”,

- jinoyat sodir etishga moyil, ilgari sudlangan, ma’muriy nazorat qonuni ta’siriga tushuvchi shaxslar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida “Taftish”, “Nazorat” tadbirlari,

- jamoat joylarida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida “Tig” tadbirlari,

- voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, ularni sababsiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmaslik holatlarini oldini olish maqsadida “Davomat” profilaktik tadbirlari va   reydlar o‘tkazildi.

Tumanimizni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, jinoyatchilikka to‘liq barham berish uchun avvalo profilaktik ishlarimizni mahalladan boshladik.

Hududlarda mahallabay, xonadonbay, fuqarobay profilaktik ishlarni to‘g‘ri va samarali tashkil qilish maqsadida yangicha tizim, ya’ni mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish samaradorligini oshirish, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarning doimiy daromad manbayini yaratgan holda bandligini ta’minlash hamda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida yagona hamkorlik tizimi tashkil etildi.

Mazkur yangi tizim barcha mahallalarda to‘liq tashkil etilib, mahallalardagi 5 ta vakillarning ish faoliyati samarali tashkil qilinganligi natijasida joriy yilning o‘tgan davri moboynida tumanimizda umumiy jinoyatchilik kamayishiga erishildi (136/131)ga yoki -3,68 foyizga. (sodir etilgan jinoyatlarning asosiy qismini iqtisodiy jinoyatlar tashkil qiladi).

Bundan tashqari jami 45 ta mahalladan 28 tasi yashil ya’ni jinoyat sodir etilmadi, 9 tasi “sariq” (aholi soniga nisbatan jinoyatlar kam sodir etilgan).

8 tasi “qizil” (aholi soniga nisbatan jinoyatlar ko‘p sodir etilgan).

Jinoyatlarning turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

-Qastdan og‘ir tan jaroxati yetkazish -1 taga 2/1 ga -50%ga  kamaygan,

-yengil tan jaroxati yetkazish -1 taga 3/2 ga -33%ga kamaygan,

-o‘rtacha tan jaroxati yetkazish -1 taga 3/2 ga -33%ga kamaygan,

-firibgarlik -9 taga 29/20 ga -31%ga kamaygan bo‘lsada.

Jinoyat  turlaridan 

-Bezorilik 2 taga 1/3 ga 200%ga oshgan,

-o‘g‘irlik -1 taga 16/17 ga 6,25% ga oshgan,

-O‘lim bilan bog‘liq YTH 2 taga 4/6 ga 50%ga oshgan.

Tumandagi jami 45 ta 45 ta mahalladan 30 tasi yashil ya’ni jinoyat sodir etilmadi, 9 tasi “sariq” (aholi soniga nisbatan jinoyatlar kam sodir etilgan).

6 tasi “qizil” (aholi soniga nisbatan jinoyatlar ko‘p sodir etilgan).

Ushbu qizil toifaga tushib qolgan mahallalarni qizil toifadan chiqarish bo‘yicha har biriga tuman IIB rahbarlari hamda tumandagi huquq-tartibot idoralari rahbarlari va o‘rinbosarlari biriktirilgan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, qo‘shimcha kuch-vositalari jalb qilingan, ushbu mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar kunlik nazorat qilib borilmoqda, ushbu mahallalarni ham tez orada yashil toifaga o‘tkazamiz.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar.

- Tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida mahalla beshligi bilan birgalikda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir qilishga moyil bo‘lgan Probatsiya hisobidagi shaxslar, Profilaktik hisobida turgan shaxslar, Janjalkash oila sifatida ro‘yxatda turgan oilalar va ruhiy kasallar, muqaddam sudlangan shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlarni kuchaytirganmiz.

-Tuman xududida o‘g‘irlik jinoyatlaridan asosan mol o‘g‘irligi ko‘proq sodir etilganligi, ya’ni tuman tog‘li xudud hisoblanganligi sababli aholi chorva mollarini boqish uchun toqqa qo‘yib yuborishi qarovsiz qoldirishi natijasida kelib chiqmoqda, shu sababli ushbu mol o‘g‘irligi jinoyatlarini sodir etilish vaqti aniq emas, fuqarolardan chorva mollarini qorovsiz qoldirmaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirganmiz.

 -Tuman xududida ombor va do‘konlarda sodir etilayotgan o‘g‘irliklarni oldini olish uchun do‘kon derazalariga temir panjaralar o‘rnatish o‘rnatilib, video kuzatuv kameralarini o‘rnatish, do‘konlarni Qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha ishlarni kuchaytirganmiz.

-Tuman xududida avtoulovlarda sodir etilayotgan o‘g‘irliklar asosan aholi gavjum joylarda sodir etilayotganligini inobatga olib aholi gavjum bozorlarni va do‘konlarni oldilariga avtoturargoxlar tashkil etish va qarovullar bilan ta’minlash, xamda video kuzatuv vositalarini o‘rnatilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

-Tuman axborot xizmati imkoniyatlaridan keng foydalangan xolda firibgarlik va tovlamachilik jinoyatini sodir etishi mumkin bo‘lgan holatlarni bartaraf etish choralari bo‘yicha videoroliklar tayyorlanib ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga yetkazilmoqda.

-Firibgarlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha fuqarolarni hushyorlikka chaqirish “Diqqat firibgar!”, “Aldanib qolmang” va shu kabi hushyorlikka chaqiruvchi maxsus plakatlarni tayyorlash, “bank plastik kartalarida ortiqcha pul mablag‘larni” saqlamaslik, telefonga har xil ilovalarni o‘rnatmaslik, ommaviy axborot vositalarida firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxslar bilan ko‘rsatuvlar tashkil etilmoqda.

-Firibgarlik jinoyatlariga sabab bo‘layotgan omillardan biri fuqarolarning mulkiy turdagi shartnomalarning o‘zaro og‘zaki tarzida tuzayotganliklarini hisobga olib adliya idoralari hamda notariuslar bilan hamkorlikda mahallalarda jadval asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 -Uy-joy sotib olish, ishga joylashish yoki chet elga ishga borish, plastik kartadagi pullarni naqdlashtirish borasida fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, bu borada qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida mahalliy televidenieda ko‘rsatuv, gazetalarda maqola, ijtimoiy tarmoqlarda e’lonlar berib borilmoqda.

Uzoq muddat bo‘yicha. Sektorda.

Tashqi migratsiyadagi fuqarolarni daromadli ish bilan ta’minlash orqali qaytarish borasida;

Joriy yil boshida chet davlatlarga chiqib ketgan fuqarolar sektorda 189 nafarni tashkil qiladi.

Joriy yil boshidan va avvalgi yillarda uzoq muddatga ketgan fuqarolardan 219 nafari uzoq muddatdan yashash manzillariga qaytib kelgan.

Shundan 196 nafar erkaklar, 23 nafar ayollar o‘z yurtiga qaytib kelgan.

Uzoq muddatdan qaytib kelgan 219 nafar fuqarolarni daromadli ish bilan ta’minlash bo‘yicha tumandagi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda uzoq muddatda yurgan jami 631 nafar fuqarolarni yashash manzillariga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Sektor faoliyatida joriy yilning o‘tgan davri moboynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

MA’LUMOT

Qo‘shrabot tuman 3-sektori hududiga 11 ta mahallalar kiradi, 5471 ta xonadon, 7325 ta oilalar mavjud bo‘lib, ularda 32 611 nafar aholi yashaydi shundan erkaklar 16.267 nafar, ayollar 16.344 nafarni, 14-30 yoshdagi yoshlar 8442 yoki 0-30 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar 16.898 nafarni tashkil etadi.

3-Sektorda 7 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 49 ta oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari, 21 ta maktablar, 1 ta shifoxona, 4 ta QVPlar, 1 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda.

“SAXOVAT VA KO‘MAK” UMUMXALQ HARAKATI BO‘YICHA.

Qo‘shrabot tumani 3-sektor hududida “Saxovat va ko‘mak” Kambag‘allikni qisqartirish masalasi ko‘tarilgan paytdan boshlab 869 ta oila 3784 nafar oila a’zolari, 1410 nafar mehnatga layoqatli ishsizlari kambag‘allik “temir daftariga” kiritilgan bo‘lib Xozirda shulardan bandligi ta’minlanib, daromad manbai yaratilganligi sababli fuqarolarning o‘z arizalariga ko‘ra Xalq Deputatlari mahalliy Kengashning qarorlari bilan 818 ta oila, 3565 nafar oila a’zolari, 1370 nafar mehnatga layoqatlilar “Temir daftardan” chiqarildi.

2023 yil boshidan “temir daftariga” 183 ta oila, 734 nafar oila a’zolari, 152 nafar mehnatga layoqatli kiritilgan bo‘lsa shundan 132 ta oila, 596 nafar oila a’zolari, 145 nafar mehnatga layoqatli fuqarolar chiqarilib Hozirda kambag‘allik “Temir daftarda” 51 ta oila, 219 nafar oila a’zolari, 40 nafar mehnatga layoqatlilar qolmoqda.

- Ushbu oilalarga “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 2023 yilning o‘tgan davri moboynida 26 nafarga nak pul ko‘rinishida 35 mln 500 ming, 3-nafarga dori-darmon uchun 4 mil 500 ming, 10-nafarga Kuyosh paneli uchun 115 mil va 3 -nafarga pishiriq pechi 3 mln 600 ming jami  42 nafarga 158 mil 600 ming so‘mlik tarqatildi.

“AYOLLAR DAFTARI” BO‘YICHA

Ayollar daftarini shakllantirish bo‘yicha 3-sektor hududidagi 11 ta MFYlarda uyma-uy yurib xatlov o‘tkazilganida 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 5 148 nafar ayollar aniqlanib ro‘yxatlari shakllantirildi.

 “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar: “Ayollar daftari”ga 866 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, shundan bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, biroq daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand 402 nafar xotin-qizlardan 402 nafarining bandligi ta’minlandi.

Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 24 nafar xotin-qizlardan 24 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashga amaliy yordam berildi.

Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar 200 nafardan 128 nafariga (64%) yordam ko‘rsatilgan. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar 136 nafardan 68 nafarga (50%) yordam ko‘rsatilgan. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar 104 nafardan 53 nafarga (51%) yordam ko‘rsatilgan Jami 249 nafar xotin- qizlarga 155,4 mln.so‘m bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

“YOSHLAR DAFTARI” BO‘YICHA

“Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan 321 nafar yoshlardan 43 nafari yoshlar daftarda qoldi.

Ushbu yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikka yunaltirish, kasbga o‘qitish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish, “Yoshlar-kelajagimiz”, “Har bir oila - tadbirkor” va boshqa dasturlar doirasida imtiyozli kreditlar ajratish, subsidiyalar berish, “Yoshlar 1 + 1” hamda “har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tamoyillari asosida yoshlarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish orqali ro‘yxatdan chiqaramiz.

Sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvlar bo‘yicha

Joriy yilning o‘tgan davri moboynida 35 marta sayyor qabul va 35 marta yoshlar uchrashuvlar o‘tkazildi.

Sayyor qabullarda murojaat qilgan fuqarolar soni 281 ta

-Ko‘rib chiqilgan masalalar 289 ta

-Ko‘rib chiqilgan masalalar xal etilgan 245 ta

-Ko‘rib chiqilgan masalalardan tushuntirish berilgani 44ta

-Ko‘rib chiqilgan masalalar rad etilgani yo‘q

Yoshlar bilan uchrashuvda murojaat qilgan yoshlarlar soni 131 ta

-Ko‘rib chiqilgan masalalar 140 ta

-Ko‘rib chiqilgan masalalar xal etilgan 119 ta

-Ko‘rib chiqilgan masalalardan tushuntirish berilgani 21 ta

-Ko‘rib chiqilgan masalalar rad etilgani yo‘q

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabridagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 408-sonli qaroriga asosan.

Piyodalar yo‘lagi qurish: Sektor hududida 4 km piyodalar yo‘lakchasi va 2 km latoq yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Elektr ta’minotini bo‘yicha: 2 dona transformator, 50 dona temir beton ustunlari o‘rnatish va 3.1 km tarmoq tortish ishlari amalga oshirildi.

Suv ta’minoti bo‘yicha: 1 ta suv inshooti qurish, 3.7 km suv tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirildi.

Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha: 4,25 km yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizilib ishlar yakunlandi.

O‘tgan davr moboynida sektor hududida tashabbusli “open byudjet” va qo‘shimcha dasturlar orqali jami: 18.65 km asfalt qaplamasi yotqizildi.

Sektor hududidagi tuproq yo‘llarga xashar yo‘li bilan 60.5 km shag‘allashtirildi.

Energiya samaradorligini oshirishda qayta tiklanuvchi hamda muqobil energiya resurslaridan foydalanishni kengaytirish:

Joriy yilda aholi elektr-energiyasi samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik va aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni jadallashtirish borasida chora tadbirlar belgilangan bo‘lib, joriy yilda ijtimoiy sohada 8 ta ob’ektda 102.7 kVt, tadbirkorlik sub’ektlarida 5 ta ob’ektda 55,09 kVt, aholi xonadonlarida 43 ta ob’ektda 39,1 kVt quyosh panellari o‘rnatilib bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

         Elektr energiyasi bo‘yicha: Hududda elektr energiyasi samaradorligini oshirish maqsadida 6.2 km masofadagi yangi elektr uzatish tarmoqlari, 2 ta yangi transfarmatorlar qurildi hamda 21.2 km masofadagi elektr uzatish tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi. Natijada 400 kVt elektr energiyasini texnologik yo‘qotishlari oldi olinadi.

Joriy yilda Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun elektr tarmoqlarini barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida, o‘tgan yarim yillikda 6,2 km elektr uzatish tarmog‘i va 1 dona transformator punktlarini quvvatini oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 6,2 km (100 foiz) elektr-uzatish tarmog‘i va 2 dona (200 foiz) trasformator punktlari o‘rnatildi. 2023 yilning oxirigacha 28,6 km elektr uzatish tarmoqlari va       18 dona trasformator punktlari mukammal tamirlanadi.

         Sanoat sohasi bo‘yicha: Sanoat sohasida mahsulot turlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida 2 gektar yer maydonda yoshlar va tadbirkorlik zonalari tashkil etilgan.

Mazkur sanoat zonalaridagi umumiy qiymati 5,7 mlrd so‘mlik 14 ta loyihalar boshlash hisobiga 83 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Yiliga 0,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, soliq tushumlari uchun 0,2 mlrd so‘mlik qo‘shimcha manba yaratiladi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida joriy yil yanvar-iyun oylari davomida 40 ta sanoat korxonalarda 11,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,9 foizga erishildi.

2023 yil yakuniga qadar mavjud sanoat korxonalarini kengaytirish va    5 ta  umumiy qiymati 68,35 mlrd so‘mlik loyixalarni ishga tushurilishi hisobiga sanoat mahsulotlari hajmini o‘tgan yilga nisbatan 118,2 foizga yoki  35,9 mlrd so‘mga yetkaziladi.

  1. Xizmat ko‘rsatish, servis, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish:

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi doirasida 2023 yilda 16,6 mlrd. so‘mlik 6 ta xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish belgilangan.

Jumladan, joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida 3 ta xizmat ko‘rsatish loyihalari ishga tushirilib, jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 51.3 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,9 foizni tashkil etiladi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2023 yilda 16.6 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratilishi belgilan bo‘lib, joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida 396 nafar fuqarolarga 8,1 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi.

  1. Hududni jadal rivojlantirishda investitsiyalarni (shu jumladan xorijiy) faol jalb qilish va yirik loyihalarni amalga oshirish:

Joriy yilda “Investitsiya dasturi” doirasida umumiy qiymati 2,7 mln dollarlik 12 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

       Joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida dastur doirasida jami 0,5 mln dollar o‘zlashtirilib, 5 ta loyiha ishga tushirildi. Joriy yil yakuniga qadar yana jami 2,2 mln dollarlik 7 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalar orqali 79 ta yangi ish o‘rinlarini yaratiladi.

       Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga ishlab chiqarish xajmi 27,1 mlrd so‘mga, byudjetga tushum esa 2,5 mlrd so‘mga ortadi.

Hududiy eksportni oshirish masalalari:

Joriy yil 3-sektorda 850 ming dollarlik eksport amalga oshirilib, o‘tgan yilga nisbatan 136 foizni tashkil qiladi.

Jumladan:

- sanoat mahsulotlari – 600 ming dollar;

-meva-sabzavot 250 ming dollarlik maxsulotlar eksport qilinishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yanvar-iyul oylarida 325 ming dollar, sanoat mahsulotlari eksport qilindi. Yil yakuniga qadar yana 525 ming dollarlik sanoat va meva- sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM