Yangi o‘quv yili yangi binolarda boshlandi

Bugun, 4-sentyabr kuni Qo‘shrabot tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Umumta’lim maktablarining 1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida tuman sektor rahbarlari, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishmoqda.

Qo‘shrabot tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan shunday tadbirda tuman hokimi D.Shakarboyev hamda viloyat Maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultonovlar ishtirok etdi.

Tuman rahbari o‘quvchilarga xalq ta’limi sohasidagi islohotlar, tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berib, yangi o‘quv yilida ularning o‘qishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, yangi o‘quv mavsumida o‘quvchilar uchun maktabning yangi 180 o‘rinli zamonaviy ko‘rinishga qo‘shimcha o‘quv binosining foydalanishga topshirilgani katta sovg‘a bo‘ldi.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM