Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xolbek Kubaev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Horijiy davlatlarda bilim olayotgan, mehnat qilib daromat topayotgan tuman fuqarolarini, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xolbek Kubaev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.
      Horijiy mamlakatlarda yurgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini to‘laqonli ta’minlash, ularga yordam berish maqsadida mamlakatimizda barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Xususan, yurtimizning o‘z havo yo‘llariga egaligi, ellikka yaqin xorijiy davlatlarda elchixona va konsullik idoralarimiz mavjudligi mazkur tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish imkonini beradi.
        Bunday muloqotlar nafaqat ularning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashga ta’sir qiladi, balki ko‘nglini ko‘tarish, mamlakatimiz davlat idoralariga nisbatan ishonchini oshirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, yurtimizga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, ishbilarmonlik, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar mazmun-mohiyatini to‘g‘ri yetkazish va shundan so‘ng ulardan bu sohada targ‘ibotchi sifatida foydalanish imkonini ham beradi.
    Tumanda  45 ta  mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 449 nafari (1,2 %) hozirda horijiy davlatlarga  ishlash, o‘qish uchun chiqib ketishgan. 
         Horijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, shuningdek, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2021-yil 11-avgust kuni PQ-5220-sonli  «Vatandoshlar»  jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida qarori qabul qilingan bo‘lib uning asosiy yo‘nalishlari xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash  borasida tumanda xorijiy davlatlarda bilim olayotgan, mehnat qilib daromat topayotgan  2318 nafarni tashkil etmoqda.
 Ulardan  2268 nafari ishlash, 14 nafari o‘qish,  2 nafari doimiy yashash  13 nafari oilaviy sayohatga va 21 nafari boshqa maqsadlarda xorijga chiqib ketgan.  
Biz uni davlatlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, Rossiya davlatiga 1437 nafar, AQShga 52 nafar, Turkiya davlatiga 169 nafar, Janubiy Korea Respublikasiga  52 nafar, Qozog‘iston Respublikasiga 422 nafar Tojikistonda – 56 nafar, Qirg‘izistonda – 56 nafar, Germaniyada – 4 nafar, BAAda – 15 nafar va boshqa davlatlarda 55 nafar tumanimiz fuqarolari borligi ma’lium bo‘ldi. Joriy yilning 1-sentyabr holatiga tumandagi 45 ta MFYlarida 753 nafar fuqarolar chet davlatlardan qaytib kelganligi shundan  64 nafar  fuqarolarning  bandligi ta’minlandi.

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM