Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Bugun, 30-oktabr kuni 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Baxodir Yusupov, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida xususan, tibbiy va moddiy yordam olishda amaliy yordam, ishga joylashish, kredit olish, nafaqa puli olish, aliment pulini undirish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli tartibda ro'yxatga olinib, ijrosini ta'minlash borasida tegishli mas'ullarga biriktirildi.

 

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM