Xitoylik investorlar Qo‘shrabot tumanida

Avval xabar berganimizdek, Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev boshchiligidagi tuman delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga borib tumanga investorlar jalb qilish bo‘yicha muzokoralar olib borganligi hamda bir qancha istiqbolli kelishuvlarga erishilganligi bo‘yicha ma'lumotlar berib o‘tgan edik.

Qo‘shrabot tumaniga Xitoyning eng yirik qishloq-xo‘jalik kompaniyalaridan biri, Xitoyda yetishtiriladigan yuqori navli olmaning 4/1 qismini yetishtiradigan, ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlariga ega bo‘lgan “HIANLGENG Agricultural Science and Technology Co., LTD” kompaniyasi rahbarlari tashrif buyurib, tuman hokimi Dilshod Shakarboyev bilan yirik loyihalar ustida muzokarolar olib borishdi.

Muzokaralar davomida Xitoylik investorlar tuman hududida bog‘dorchilik sohasida yirik loyihalar amalga oshirish bo‘yicha rejalarni muhokama qilishdi hamda tumanga investitsiya kiritish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

 

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM