Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli "Shavona" MFY aholisi uchun o'tkazildi

Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari D.Shakarboyev hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Shavona" MFY hududida joylashgan Shavona madaniyat uyida navbatdagi sayyor qabuli o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.

 

Qabul davomida 9 nafar fuqarodan 12 ta murojaat xususan, ishga joylashish, moddiy yordam olish, davolanish, elektr energiyasi, uy-joyini ta'mirlash va shu kabi masalalar kelib tushdi.

 

 

Bildirilgan murojaatlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Image_elon: 
2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM