Mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Tuman hokimining birinchi o'rinbosari Ibodulla Sayfiddinov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Mavzu: Mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

 

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev rahbarliklarida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, Majburiy ijro byurosi va Bosh prokuratura oldiga, shu qatorda boshqa davlat organlari oldiga qator vazifalar qo‘yilib, 24.11.2020 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6118-sonli Farmon qabul qilingan.
Joriy 11 oy davomida, Majburiy ijro byurosi Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan jami 131 mlrd 165,2 mln so‘mlik 17193 ta (2022-yilning 11 oyida 77 mlrd 567,6 mln so‘mlik 13802 ta) ijro hujjatlari yuzasidan ijro tadbirlari amalga oshirilib, jami 88  mlrd 622,5 mln so‘mdan ortiq 9.336 ta (2022-yilning 11 oyida 54 mlrd 299,9 mln so‘mlik 5,539 ta) ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingan va shundan 45 mlrd 577,9 mln so‘mlik 5213 ta (2022-yilning 11 oyida 20 mlrd  880,5 mln so‘mlik 3960 ta) ijro ishlari amalda undirilib tamomlangan yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan summasiga 24 mlrd 697,4 mln so‘mlik soniga esa 1253 taga ko‘p undirilgan.
Jumladan, davlat budjetiga amalda undirilgan mablag‘lar miqdori 8 mlrd 563,0 mln so‘mni, banklar foydasiga undirilgan mablag‘lar miqdori 35 mlrd 037,2 mln so‘mni, yuridik va jismoniy shahslar foydasiga undirilgan mablag‘lar miqdori esa 54 mlrd 812,8 mln so‘mni tashkil qilgan.
Byuro oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda jami undiruvlar, shu jumladan davlat foydasiga undiruvlarni amalga oshirish borasida har oylik reja-grafiklar tasdiqlanib, ularning to‘liq ijrosi ta’minlanib kelingan.
Muhtaram Prezidentimizning 6118-sonli Farmonlari talabidan kelib chiqib, yangi tizim asosida 01.12.2020-yildan boshlab davlat foydasiga undiruvlarning muayyan qismini “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” bo‘yicha jamg‘armalarga yo‘naltirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Masalaning mamlakatimiz ijtimoiy hayoti uchun, aholimizning kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi belgilangan ushbu mablag‘larni undirilishi yuzasidan belgilangan har oylik reja-grafiklarning ortig‘i bilan bajarilishi ta’minlanib borilgan va joriy 11 oy davomida “Daftarlar”ga jami 2 mlrd 178,6 mln so‘m pul mablag‘lari undirilgan yoki belgilanagan reja 97,7 foizga bajarilgan.
Byuroning yana bir asosiy vazifalaridan biri – aliment undiruvlari bilan bog‘liq faoliyat, ya’ni aholimizning davlat himoyasiga eng muhtoj qatlami – voyaga yetmaganlarning manfaatini ko‘zlagan holda sud qarorlari asosida belgilangan ta’minot mablag‘larini qarzdorlardan o‘z vaqtida to‘liq undirib borish faoliyatidir.
Sud qarorlari asosida ularning foydasiga belgilangan alimentlarni, ya’ni ta’minot mablag‘larini qarzdorlardan o‘z vaqtida to‘liq undirib borish, nafaqat pul undirish, balki mutasaddi organlar bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar orqali ajrashgan yosh oilalarni tiklash, qarzdor ota-onalarga to‘lov manbalarini yaratish maqsadida ularni ishga joylashtirish, aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurgan qarzdorlarni qonunda belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish masalalari ham alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlillarga ko‘ra, bo‘lim ish yurituvida aliment to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari 1071 tani tashkil qiladi.
Shu bilan birga, bo‘limga kelib tushayotgan va hal qilinayotgan murojaatlarning asosiy qismini, ya’ni 83 foizini aynan aliment undiruvlari bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etmoqda.
Davlatimiz Rahbari tomonidan 24.11.2020-yilda imzolangan 6118-sonli Farmonida qo‘yilgan vazifa va talablar asosida Byuro tizimini, shu jumladan aliment undiruvlari sohasini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli tadbirlar natijasida ushbu sohada sezilarli ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda.

Joriy 11 oy davomida amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida aliment to‘lovchi qarzdorlardan jami 4 mlrd 275 mln so‘mdan ortiq aliment pullari undiruvchilar foydasiga undirilib berildi.
Bu toifadagi ijro ishlari bo‘yicha qarzdor va undiruvchilar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbirlar mahsulida joriy 11 oy davomida 177 ta yosh oilalar yarashtirilib, oilalarning tiklanishiga erishildi.
Ish o‘rnini yo‘qotgan, og‘ir ahvolga tushib qolgan va yordamga muhtoj aliment to‘lovchi qarzdorlarning 456 nafari ishga joylashtirilib, ularning doimiy bandligi ta’minlanib va aliment undiruvlari ularning ish haqlarini ma’lum miqdoriga qaratilgan.
Shu bilan birga, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi tamoyillariga tayangan holda, alimentlarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan jami 34 nafar qarzdorlar MJtKning 474-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka, 9 nafari esa JKning 122-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 24 noyabrdagi PF-6118-son Farmonlari talabidan kelib chiqib, 01.03.2021-yildan boshlab aliment pullarini hisoblash va to‘lash ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilib, alimentlarni oyma-oy to‘lab borilishini onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi.
Bugungi kunda ish yurituvdagi jami 1071 ta aliment oluvchilardan 980 tasining nomiga shaxsiy bank plastik kartalari ochish bo‘yicha elektron so‘rovnomalar yuborilib, kelgusida aliment undirishdan tushgan pullar ularning plastik kartalariga o‘tkazilib beriladi.
Biroq aliment qarzdorliklarini o‘z vaqtida va to‘liq undirish borasida o‘z yechimini kutayotgan eng dolzarb masalalardan biri-qarzdorlarni ishga joylashtirish orqali ularga aliment to‘lovlari uchun muqim moliyaviy manbalar yaratish masalasidir.
Bugungi kunda sud qarorlari asosida aliment to‘lovlarini amalga oshirishi belgilangan 1071 ta qarzdorlarning 345 tasi rasmiy tarzda hech qayerda ishlamaydi.
Farmon talablaridan kelib chiqib yordamga muhtoj va og‘ir ahvolga tushib qolgan qarzdorlarning sektorbay manzilli ro‘yxatlari tuzilib, hamkorlikdagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida barcha sektor rahbarlariga taqdim etib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosi organlarining yana bir muhim faoliyat yo‘nalishlaridan biri – keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda faoliyatimizning oshkoraligi ta’minlab borishdir.
Bu borada ham bo‘lim tomonidan muayyan tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy 11 oy davomida, Byuroning Qo‘shrabot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qonunchilik targ‘ibotiga doir jami 160 ta tadbirlar o‘tkazilib, shundan 123 ta og‘zaki tadbirlar o‘tkazilgan va 37 ta ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilingan.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6118-sonli Farmoni ijrosini sifatli va to‘laqonli ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan Farmon talablariga asosan Byuro organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan kelgusida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot taqdim etib borilishi ta’minlanadi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM