Prezident sovg‘asi mahallalardagi yoshlar yetakchilariga topshirildi 

Sovg‘alarni tuman hokimi o‘rinbosari Xolbek Kubayev topshirib, musobaqalarning bu yilgi mavsumida ham haqiqiy iqtidor egalari mahalladan kashf etilishini ta‘kidladi.

Shundan so‘ng, 45 ta mahallaga jami 180 dona gimnastika gardishi- (obrich) lar, 90 dona futbol to‘plari, 90 dona voleybol to‘plari, 90 dona basketbol to‘plari hamda har bir mahalla yetakchisiga 4 tadan gimnastika gardishi va 6 donadan turli sport turlari uchun to‘plar berildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rishda ushbu to‘rt turdagi anjomlarning ahamiyati katta.

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM