“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi ilk mavsumi ertaga, 1-fevraldan start beriladi!

Bunda:

1. Loyihalar kiritish: 1–20-fevral;
2. Loyihalarni saralash: 21-fevral–11-mart;
3. Ovoz berish: 12–31-mart sanalari davomida o‘tkaziladi.

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan  3 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi!

Eslatma! Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd. 360 mln. so‘mni tashkil etadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM