RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namuna mahallasiga tabiiy gaz tortib kelishda muammolar bo‘lmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan "Tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish to‘g‘risidagi"gi murojaat “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali Qo‘shrabottumangaz gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ushbu murojaat bo‘yicha "Qo‘shrabottumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimlari  tomonidan o‘rganish natijasida Namuna mahallasida yashovchi ayrim aholi xonadonlariga tabiiy gaz ta’minoti yetib borishida muammolar bo‘lganligi va tabiiy gaz bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyul kunidagi PQ-2367-sonli qarorining 1-ilovasi  18-bandi, Samarqand viloyati hokimining 2015-yil 10-avgust kunidagi 174-Q-sonli va Qo‘shrabot tumani hokimining 2015-yil 30-iyul kunidagi   623-Q sonli qaroriga asosan suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan.

Bugungi kunda Namuna mahallasida yashovch fuqarolarning xonadonlariga ham "Qo‘shrabottumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan reja-jadval asosida imtiyozli narxda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Shunga ko‘ra hozirgi kunda murojaatda ko‘rsatilgan  xonadonlarni tabiiy gaz bilan ta’minlashning imkoni yo‘qligi ma'lum qilinadi.

"Qo‘shrabottumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM