Viloyat prokurori tashabbusi bilan Qo‘shrabot tumanidagi 2 ta maktabga qoʻshimcha bino qurilishiga start berildi.

Avval xabar berganimizdek (https://t.me/qushrabottumanhokimligi/18613), viloyat prokurori M.Eshnazarov tomonidan Yuqori Jo‘sh mahallasidagi 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabi va Oqchopsoy mahallasidagi 51-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga qo‘shimcha zamonaviy yangi bino barpo etish yuzasidan tuman hokimi D.Shakarboyev boshchiligidagi tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda aniq chora-tadbirlar belgilab olingan edi.

Bugun, viloyat prokurori M.Eshnazarov hamda tuman hokimi D.Shakarboyev boshchiligidagi tuman sektor rahbarlari va mahalla oqsoqollari birgaligida tumanning olis hududlarida ta'lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida 45- va 51-umumiy oʻrta ta'lim maktablariga qo‘shimcha zamonaviy yangi bino barpo etish ishlariga start berildi.

 

 

 

Qoʻshrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM