Energiya  resurslaridan  qonunga xilof ravishda  foydalanganlik  uchun javobgarlik mavjudmi? 

O‘zbekiston  Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi  Kodeksining  101-moddasida Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini  buzganlik   uchun   javobgarlik  nazarda tutitlgan bo‘lib, unda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish  fuqarolarga  bazaviy  hisoblash  miqdorining 10 baravaridan 15  baravarigacha,  mansabdor shaxslarga esa 20 baravardan 25 baravarigacha  jarima solishga sabab bo‘lishi  nazarda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat Kodeksining  1852 –moddasida  esa Elektr,  issiqlik  energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini  buzganlik uchun  javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, bunda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 70 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi deb ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari,  keyingi yillarda  energiya  resurslardan  qonunga  xilof ravishda foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar salmog‘i ortib borayotganigi  va bunga  yarasha  javobgarlik  kuchaytirish  zaruriyati tug‘ilganlik sababli, O‘zbekiston  Respublikasi  Senati ta’monidan  03.03.2023  yilda maqullangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat Protsessual va Ma’muriy javobgralik to‘g‘risidagi  Kodekslariga  tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 13.03.2023  yilda  O‘RQ-822-sonli Qonuni bilan  15.06.2023  yiildan  boshlab,  bunday  qilmishlarning ayrimlari  o‘g‘irlik siftida baholanib, tegishli tartibda  javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Shu sababli  xar birimiz  kundalik  ro‘zg‘arda,  tadbirkorlik  maqsadlarda   energiya  resurslardan  to‘g‘ri va  oqilona  foydalanishimiz bunday qilmishlar uchun  javobgarlikni oldi olinadi.                
     

Qo‘shrabot tuman  IIB huzuridagi TB
Tergovchisi leytenant                           X.B.Israyilov

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM