Qo‘shrabot tumanida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalariga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat prokurori M.Eshnazarov, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, tuman hokimi D.Shakarboyev hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan an’anaviy DXX kubogi turniri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi va o‘yinni boshlab berishdi.

 

 

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM