Qo‘shrabot tumanining Shavona mahallasi obod maskanga aylanadi.

Joriy yilning 5-aprel kuni viloyat prokurori M.Eshnazarov, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov tuman hokimi D.Shakarboyev hamrohligida tumanda “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyili asosida Shavona mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Viloyat sektor rahbarlari Shavona mahallasida odamlar dardu tashvishi bilan yuradigan fidoyi fuqarolar sa’y-harakati bilan mahalla tinch va obod maskanga aylanadi, jinoyatlarning oldi olinadi, odamlar ahil va inoq bo‘lib baxtli hayot kechirishadi va mavjud muammolar o‘z yechimini topadi deya ta’kidlab o‘tishdi.

Ish boshidan jonliq so‘yilib, elga omonlik, yurtga tinchlik, bunyodkorlik ishlariga omad tilab duoga qo‘l ochildi.

 

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM