HISOBOT

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi xuzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tuman filialida 2022-yil 27-oktabr holatiga bajarilgan ishlar

HISOBOTI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tumani filialida yuridik va jismoniy shaxslardan 2022-yil
27-oktabr holatiga jami 113 ta ariza murojaat kelib tushgan bo‘lib 71 ta turar va noturar joylar bo‘yicha arizalar ijobiy xal etilgan hamda  42 ta holatda arizalar rad etilgan.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer Uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tumani filialida yuridik va jismoniy shaxslardan 2022-yil 27-oktabr holatiga 36 ta ariza murojaat kelib tushgan bo‘lib 26 ta turar va noturar joylar bo‘yicha arizalar ijobiy xal etilgan hamda 10 ta holatda tuman qurilish bo‘limi tomonidan arizalar rad etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori ijrosi yuzasidan aniqlangan tadbirkorlik uchun bo‘sh yer uchaskalarini auksion savdosiga chiqarish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tumani filialiga kelib tushgan   jami 1091 ta taklif yuzasidan  va 39.866 ga yer maydonlari o‘rganib chiqib auksion savdosiga chiqarilganlar soni 363 ta bo‘lib shundan 7 tasi auksion savdosida sotildi va qolgan 728 tasi tashkilotlar o‘rtasida kelishuv jarayonida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 02-sentyabrdagi 535-sonli Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tumani filialida yuridik va jismoniy shaxslardan 2022-yil 27-oktabr holatiga jami 928 ta yer uchaskalari xususiylashtirish uchun ariza murojaat kelib tushgan bo‘lib 710 ta turar va noturar joylar bo‘yicha arizalar ijobiy xal etilgan hamda  218 ta holatda arizalar asosli ravishda  rad etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida hamda “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarorining 4-bandi ijrosini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tumani filialida yuridik va jismoniy shaxslardan jami 2022-yil 27-oktabr holatiga 2184 ta ariza murojaat kelib tushgan bo‘lib 843 ta fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalari va 975 ta dehqon xo‘jaliklari davlat ro‘yxatiga olindi shundan auksion orqali olingan yer uchastkalari 257 ta davlat ro‘yxatiga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prizdentining 2022-yil 18-iyuldagi video selektridagi topshirig’iga asosan Respublika miqyosida 2.600 ta aholi xonadonlarining kadastr xujjatlarini rasmiylashtish bo‘yicha aholining bino va yerga bo‘lgan huquqiy xujjatlarini xatlovdan o‘tgazish bo‘yicha berilgan topshirig‘iga asosan Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tuman filiali tomonidan tumandagi 19 497 ta aholi xonodonlarida kadastr xujjatlarini rasmiylashtirishda asos bo‘ladigan xuquqiy xujjatlarini aniqlash bo‘yicha elektron ro‘yxati shakilantrilmoqda.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM