MA'LUMOT

Qo‘shrabot tumani bo‘yicha G‘aznachilik  bo‘linmasi hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning davlat xaridlari  bo‘yicha mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari  ishtirokida “Davlat xaridlari tizimida amalga oshirilayotgan isloxatlar” mazmun-moxiyati to‘g‘risida seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risidagi” PQ-684-sonli Qonunining asosiy maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan va davlat xaridlarining ochiqligini va shaffofligini hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta’minlaydi, davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbaalar va davlat ulishiga ega bulgan korxonalar mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini yaratadi.

Hozirgi kunda Qo‘shrabot tumanida joylashgan byudjet tashkilotlari tomonidan Respublika tovar xom-ashyo birjasi maxsus axborot portalida tovar (ish,xizmat)lar sotib olish uchun elekton auksion, elektron do‘kon, milliy do‘kon va eng yaxshi takliflarni tanlash uchun ochiqlik va shaffoflikni taminlash maqsadida elonlar joylashtirilib kelinmoqda. Xarid qilinadigan maxsulotlar va ish xizmatlar bo‘yicha berilgan eng yaxshi takliflar, yani arzon va sifatli mahsulot (ish,xizmat)lar yetkazib berish uchun berilgan takliflaridan  inson omili aralashmagan holda elektron tanlanib olinib, shartnomalar tegishli tashkilotning Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus komissiyasi xulosalari orqali shartnomalar tuzilib, to‘lovlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Elektron auksion, elektron do‘kon orqali mahsulotlar savdoga qo‘yilishi natijasida tovarlar xarid qilinib, byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishilmoqda. Iqtisod qilingan mablag‘lar byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi yoki kelgusidagi joriy xarajatlariga ishlatilib kelmoqda.

Hozirgi kunda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagilarga juda ko‘plab imtiyozlar berilib kelinayotganligi xammamizga malum. Bo‘linmamiz tomonidan ham tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan suxbatlar o‘tkazilib, tovar xom ashyo birjasidan akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda va joriy yilda hozirgi kunga kelib 30 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari byudjet tashkilotlari tomonidan maxsus axborot portaliga tovar (ish xizmat) sotib olish uchun  joylashtirilayotgan lotlarni olish uchun qatnashmoqda.

Byudjet tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari bilan joyiga chiqqan holda va seminarlar o‘tkazilib, yangiliklar bilan tanishtirilib borilmoqda.

  

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM