#Yashil makon

Moviy osmon ostida bog'ga aylanayotgan adirlar!

 Xabar berganimizdek tumanda  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ish qizg‘in kechmoqda

 Tuman hokimi Dilshod Shakarboyev bugungi ish kuni davomida 3- sektorga qarashli Qovunchi MFYga qarashli obodonlashtirilayotgan hududida ham bo‘ldi.

Jarayon davomida hokim tadbirkorlar, aholi vakillari bilan suhbatda bo‘ldi, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 Hokim mazkur ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan tuman Xalq ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Tibbiyot birlashmasi, Madaniyat va Vatanparvar tashkilotlari bilan ish jarayoni haqida suxbatlashdi va zaruriy ko‘rsatmalar berdi. 

 Bizdan ko‘p mehnat talab qilinayotgani yo‘q. Hozirgi ekilayotgan mevalarning kelgusida farzandlarimiz uchun  katta foydasi bor. Tumanimizni obodonlashtirishga o‘z hissamizni qo‘shish hammamizning farzimiz deya  ta’kidladi tuman hokimi.
 
 
 
 
 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM