"O‘rtasoy" mahalla raisi Respublikada 3-o‘rinni egalladi va Spark sohibi bo‘ldi.

"O‘rtasoy" mahalla raisi Respublikada 3-o‘rinni egalladi va Spark sohibi bo‘ldi.

 O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Eng yaxshi mahalla raisi” tanlovining Respublika bosqichida Samarqand viloyati, Qo'shrabot tumani O'rtasoy MFY raisi  Nurmatov Tursunmurot Abdulhakimovich faxrli 3-o‘rinni egallab “Spark” avtomobilini qo‘lga kiritdi.

 Kasaba uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash tadbiri 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni arafasida o‘tkaziladi.

 O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi Nurmatov Tursunmurotni ushbu faxrli 3-o‘rinni egallaganligi bilan chin yurakdan tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qoladi!

“Spark” avtomobili muborak bo‘lsin!

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM