Янгиликлар

Boyto'p mahallasi ichki tuproq ko'chalari shag'allashtirilmoqda

Aholiga qulay shart-sharoit yaratish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tumanimizning Boyto'p mahallasida jami 4 km ga yaqin ichki tuproq yo'llariga qum-shag'al to'kish rejalashtirilgan bo'lib ayni vaqtda 3,1 km yo'l tekislanib, qum-shag'al to'kish ishlari olib borildi.

Bu kabi ishlar tumanimizning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Qo‘shrabot tumanida Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish va yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Davlat rahbari tomonidan PQ-92-sonli Qaror ijrosi yuzasidan tumanda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM