Янгиликлар

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kompaniyasi bugundan boshlandi

O‘zbekistonda 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kompaniyasi bugun, 10-maydan boshlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Saylov okruglarini tuzish 15-maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25-maygacha belgilanmoqda. Bundan tashqari, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tuziladi.

Siyosiy partiyalar o‘z vakolatli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun saylov kompaniyasi e’lon qilinganidan keyin 3 kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM