Янгиликлар

Ҳисобот топширувчи кичик корхона ва микрофирмалар диққатига!

✅ Кичик корхона ва микрофирмалар томонидан тақдим этиладиган 2022 йил якунлари бўйича “1- kb” йиллик статистика ҳисоботини топширувчи кичик тадбиркорлик субъектлари  (хорижий капитал иштирокидаги корхоналар)га ҳисобот топширишда услубий ёрдам бериш мақсадида, Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги томонидан оn-line мулоқотлар ташкил этилмоқда.

✅ Ушбу оn-line мулоқотларда “1- kb” шакли ҳисоботининг ҳар бир бўлими ва ундаги кўрсаткичлар бўйича саволларингизга атрофлича жавоб берилади.

Navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi

Bugun Yuqori Saroy mahallasi fuqarolari uchun ushbu hududda joylashgan 15-maktab binosida Qo‘shrabot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli  bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan yoshlar, xotin-qizlar, tadbirkorlar va mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.    

"Xotin-qizlar haftaligi" doirasida tadbirlar davom etmoqda

"Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni"ga bagʻishlab 6-11-fevral kunlari ilmiy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligi doirasida bugun, 10-fevral kuni Qoʻshrabot tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-umumiy oʻrta ta'lim maktabida Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Mahmudova, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari Sh.Ziyaddinov va "Pichot" MFY xotin-qizlar faoli M.

Pensiya bilan bog‘liq korrupsion muammoga duch keldingizmi? 

Unda bizga murojaat qiling!

Sizga pensiya jamg‘armasi xodimlari yoki uchinchi shaxslar pensiya, nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga bolalar yoki moddiy yordam tayinlash masalalarida “xolis xizmat” taklif qildimi?  Ma’lum miqdordagi mablag‘ evaziga turli xil noqonuniy yo‘llar bilan zarur hujjatlarni to‘g‘rilab berish holatiga duch kelsangiz, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasining (66) 233-47-50, 235-54-62 Qo‘shrabot tuman bo‘limining (66) 646-14-31 yoki 11-40 “Ishonch telefoni”ga murojaat qiling !

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM