Янгиликлар

Pensiya bilan bog‘liq korrupsion muammoga duch keldingizmi? 

Unda bizga murojaat qiling!

Sizga pensiya jamg‘armasi xodimlari yoki uchinchi shaxslar pensiya, nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga bolalar yoki moddiy yordam tayinlash masalalarida “xolis xizmat” taklif qildimi?  Ma’lum miqdordagi mablag‘ evaziga turli xil noqonuniy yo‘llar bilan zarur hujjatlarni to‘g‘rilab berish holatiga duch kelsangiz, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasining (66) 233-47-50, 235-54-62 Qo‘shrabot tuman bo‘limining (66) 646-14-31 yoki 11-40 “Ishonch telefoni”ga murojaat qiling !

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Qo‘shrabot tumaniga tashrif buyurdi

Tuman hokimligi majlislar zalida o'tayotgan jarayon davomida mas'ullarning tumanni 2023-yilda rivojlantirish bo'yicha taqdimotlari muhokama qilindi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar taqdimoti, eksport ko‘rsatgichlari, xizmatlar sohasi, yashil energiya hamda elektr tarmoqlari va barcha  yo‘nalishlarda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hokim o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari va soliq inspeksiyasi vakillarining hisoboti eshitilib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi rejalari belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov Qo'shrabot tumanida bo'ldi.

Vazir o'rinbosarining tumanga tashrifi davomida tuman hokimi va sektor rahbarlari hamrohligida 88-umumiy o'rta taʼlim maktabi, tuman gaz ta'minoti tasarrufidagi gaz tarqatish shoxobchasi, tuman markazida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan shtab faoliyati o'rganildi, shuningdek tashrif davomida harbiy dala oshxonasi va isinish punkti, tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi, vazir o'rinbosari va sektor rahbarlari "Navkat" MFYda istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holi

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM